Фалсафа асос doc


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#191655
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
falsafa asoslari

Uchinchi  savol:  Kushon  imperiyasi,  buddaviylik,  Moniy,  Mazdak  ta‟limoti  va  ularning 
mohiyati masalasini yoritishda Buddaviylik diniy ta‟limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan 
avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan 
biri  hisoblanadi.  Bu  ta‟limotga  asos  solgan  donishmand  Sidharta  urug„idan  chiqqan  Gautama 
hisoblanadi. Keyinchlik u “Budda”, ya‟ni, nurlangan degan laqabga ega bo„lgan. Buddaviylik dini 
Islomga qadar Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatdan juda katta 
o„rin tutadi. 
Bu  ta‟limot  Markaziy  Osiyoga  eramizdan  avvalgi  II-I  asrlarda  kirib  kelgan.  Tarixiy 
manbalarning  ko„rsatishicha,  uni  Toharistonga  Balxlik  savdogarlar  olib  kelishgan.  Kushonlar 
imperiyasi  davrida  buddaviylik  dini  hukmron  dinga  aylangan  edi.  U  din  “Halqchil”  bo„lganligi 
uchun  Markaziy  Osiyoga  keng  yoyilgan.  Buddaviylikning  Markaziy  Osiyoga  yoyilishi  quyidagi 
to„rt bosqichdan iborat: Birinchi bosqich: Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga 
to„g„ri keladi. 
Ikkinchi  bosqich:  Kushonlar  davri  (eramizning  II-IV  asrlari).  Bu  davrda  buddaviylik 
markaziy Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning ahloqqa oid, halq ommasini sabr-qanoat va 


13 
 
bardoshga da‟vat etuvchi g„oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyatga ega. 
Uchinchi  bosqich:  Bu  davrda  Markaziy  Osiyoda  Buddaviylik  ta‟limotining  manbalari 
yoyilgan. 
To„rtinchi bosqich: (IX-XIV asrlar) Islom Markaziy Osiyoga hukmron dinga aylanishi bilan 
bu din siqib chiqarilgan, juda zaiflashib ketgan davr bo„lgan. 
Buddaviyliking  O„zbekiston  va  Hindiston  halqi  o„rtasida  o„z  davrida  ma‟naviy  ko„prik 
bo„lib  xizmat  qilganligi  aniq.  Halqlarimiz  orasidagi  do„stlik  va  hamkorlikning  ildizlari  o„sha 
davrga borib taqaladi. 
Shuni  qayd  etishimiz  kerakki,  Moniy  ta‟limoti  yurtimizda  buddaviy-likdan  keyin  keng 
tarqalgan  edi.  U  Zardushtiylik  va  xristianlikning  sintezlashuvi  natijasida  vujudga  kelgan.  Moniy 
fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Ammo ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy hatto 
“Moniylik yozuvi” nomli alifbo ham tuzgan. Uning ta‟limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi  - 
yaxshilik  va  zulmat  dunyosi  -  yovuzlik  bo„lgan.  Ular  o„rtasida  abadiy  kurash  boradi,  inson  ikki 
unsurdan  (ruh  -  nur  farzandi,  jism  -  zulmat  mahsuli)  iborat.  Moniylik  halq  ommasi  manfaatlarini 
himoya qiluvchi ta‟limot bo„lgan sababli hukmron mafkura qarashlarga duch kelgan. 
Moniylik ta‟limoti asosida Mazdak ta‟limoti yuzaga keldi. U eramizning V-VI asrlarida keng 
tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo„lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari 
o„z qarashlarida halq  ommasiga suyangan. Halqning ozodlik, erkinlik, hurlik  yo„lida olib  borgan 
harakatlariga  rahnamolik  qilgani  uchun  tez  fursatda  ularning  tarafdorlari  ko„payib  borgan. 
Mazdakiylik  ijtimoiy  tengsizlikni  bartaraf  etish  yo„lida  kurashga  da‟vat  etuvchi  mafkura  sifatida 
xizmat  qilgan.  Unda  asosiy  yovuzlik  -  boylikka  hirs  qo„yish  va  o„ta  qashshoqlik  qoralangan.  Bu 
insonparvar  harakatdan  cho„chigan  shoh  Mazdakni  turli  hiylalar  bilan  o„limga  mahkum  etadi. 
Mazdakchilar harakati  eramizning VI  asrida  bostirilishiga qaramay,  turli  mamlakatlarda  muayyan 
darajada  davom  etgan.  Markaziy  Osiyoda  Muqanna,  Ozarbayjonda  Bobak  boshchiligidagi 
dehqonlar va shahar kambag„allarining zulmiga qarshi kurashlar bunga misol bo„la oladi. 
Markaziy  Osiyoda  vujudga  kelgan  qadimgi  falsafiy  ta‟limotlar,  ular  ilgari  surgan  g„oyalar 
bugungi  kunda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Yuqorida  sanab  o„tilgan  qadimgi  diniy,  falsafiy 
ta‟limotlar,  ya‟ni  Zardushtiylik,  uning  muqadas  kitobi  “Avesto”,  Moniy  ta‟limoti,  “Moniylik 
yozuvi”,  Mazdakiylik  harakati  jamiyatda  adolat,  erkinlik  va  teng  huquqlilik  tamoyillarini  qaror 
toptirishga da‟vat etgan. 
Mustaqillik tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o„lmas madaniy merosni o„rganish va 
ulardan foydalanish imkoniyatlari tug„ildi.


14 
 
 
Moniy, Grek-Baqtriya, Muqanna, Qutayba. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling