Фалсафа асос doc


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#191655
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
falsafa asoslari

Ikkinchi  savol.  Substansiya  -  muayyan  narsalar,  hodisalar,  voqealar  va 
jarayonlarning xilma - xil ko„rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon 
bo„luvchi  mohiyatdir.  Olamning  asosida  bitta  mohiyat  -  substansiya  yotadi,  deb 
hisoblovchi ta‟limotni manizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, 
hodisani, materiyani, g„oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, 
materiyani oluvchilar - materialistik monizmni tarafdorlari. G„oyani, ruhni oluvchilar esa 
-  idealistik monizm  tarafdorlari  hisoblanadi.  Shuningdek,  olamning  asosida  ham  moddiy 
jism  yoki  materiya,  ham  g„oya  yoki  ruh  yotadi,  deb  hisoblovchi  faylasuflar  -  dualistik 
(dualizm  lotincha,  duolis  -  ikkilangan,  degan  tushun-chani  anglatadi)  deb  hisoblaydi. 
Arastu, Moniy, R.Dekart va boshqalar dualistlardir. 
Olamning asosida ko„p substansiyalar yotadi, deb hisoblovchilarni esa - plyuralizm 
(lotincha, pluralis - ko„pchilik so„zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi. 
Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning uzoq o„tmishiga 
borib  taqaladi.  Masalan,  Qadimgi  Hindiston  va  Xitoyda,  Misr  va  Bobilda,  Qadimgi 


26 
 
Markaziy  Osiyo  va  Yunonistonda  ba‟zi  faylasuflar  olamning  asosida  qandaydir  modda 
yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblagan. Ularning ba‟zilari bu unsurni olov, boshqalari 
suv  yoki  havo,  ayrimlar  esa  tuproqdan  iborat,  deb  hisoblashgan.  Ba‟zi  bir  faylasuflar 
olamning  asosida  -  olov,  suv,  havo  va  tuproq  yotadi,  barcha  narsalar  ana  shu  to„rtta 
unsurning birikishidan hosil bo„lgan, deydi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling