Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol. Olamni anglash to„g„risida turlicha, hatto bir-biriga qarama - qarshi
qarashlar mavjud. Bunday qarashlar kishilarning olamga o„z o„lchov-lari bilan qarashlari natijasida paydo bo„lgan. Olamni insonlar o„z bilim o„lchovlari asosida tasavvur etadi. Birov oq desa, ikkinchi odam qora deydi va h.k. Olam tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo„lib, unga sistemali yonlashishni talab etadi. Masalan, elementar zarrachalar olami tushunchasi odamga ma‟lum bo„lgan va hali ma‟lum bo„lmagan barcha elementlar zarracha-larini qamrab oladi. Agar biz yashayotgan butun koinotni elementar zarachalardan tashkil topgan, deb hisoblaylik, bu tushuncha butun koinotni ham aks ettirishi mumkin. Yoki o„simliklar olami tushunchasini olaylik. Bu tushunchaga faqatgina o„simliklar kiradi, hayvonlar va odamlar bu olamdan chetda qoladi. Shu nuqtai nazardan olam tushunchasi nisbiy mohiyatga ega. Ba‟zi faylasuflar olam deganda ba‟zi narsalarni, jismlarni, hodisalarni qamrab oluvchi universal sistemani tushungan. Bu ma‟noda olam kosmologik koinot tushunchasiga mos keladi. Ayrim faylasuflar uni cheksiz, boshqalari esa koinot ma‟nosidagi olamni cheklangan ob‟ekt sifatida talqin qiladi. Cheksiz va chegarasizlik tushunchalari nisbiy ma‟noga ega, bir sistemada cheksiz hisoblangan ob‟ekt boshqa sistemada chekli bo„lishi mumkin va aksincha. Diniy kosmologik qarashlarda olam ilohiy qudrat kuchi bilan yaratilgan, deb talqin etiladi. Bu olamning vaqtda boshlanishi mavjudligi - ya‟ni, uning chekli ekanligiga ishonadilar. Islom dinidagi kosmologik qarashlarda o„n sakkiz ming olam haqida gapiriladi va mazkur qarash bo„yicha biz yashayotgan moddiy olamdan tashqari, undan mustaqil ko„plab olamlar mavjudligi haqida gapiriladi va mazkur qarash biz yashayotgan moddiy olamdan tashqari, undan mustaqil bo„lgan ko„plab olamlar mavjuddir deyiladi. Hozirgi zamon kosmologiyasidan ham fanga asoslangan bir qancha konsepsiyalarda 27 olam o„tkinchi, tabiiy ravishda paydo bo„lgan, degan g„oya ilgari suriladi. Bu nuqtai nazarga ko„ra olamning paydo bo„lishidan oldingi holati “hech nima” va “yo„qlik” tushunchalari bilan izohlanadi. Angliyalik olim Stiven Loking “Olam vujudga kelmasdan oldin nima bo„lgan?” - degan savol-ning mantiqsizligini vaqtning faqatgina kelajakka yo„nalgan oqimini ifodalovchi modeli vositasida asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu shimoliy qutb nuqtasidan turib qaraganda, hamma nuqtalar faqat janubga olib boradigan holatni eslatadi. Bunday holat olamning boshlang„ich holati-dir. Vaqtning kelajakka olib boruvchi yo„nalishlarini mavjud bo„lgan holati olamning boshlanishidir. Bu holatda o„tmish yo„q, faqat kelajak mavjud. Olam haqida diniy tasavvurlar uning kelajagi, yaratilishi yoki o„tmishiga oid murakkab masalalarni, asosan, ilohiy qudratning hosilasi sifatida talqin etadi. Dinda olamni “bu dunyo - o„tkinchi olam va narigi dunyo - abadiy olam” ga ajratib tushuntiriladi. Fan olam to„g„risida o„ziga xos fikr yuritadi. Unda olamga oid murakkab masalalarni amaliy tajribalardan kelib chiquvchi mantiqiy dalillar asosida isbotlashga harakat qiladi. Falsafa olamni izohlashda fanning, dinning, san‟at va adabiyotning, xullas fan bilan birgalikda boshqa xilma - xil bilimlarga tayanib, umumlash-gan xulosalar chiqaradi. Demak, falsafadagi olam tushunchasi kosmologiyadagi, dindagi va boshqa bilim sohalaridagi olam tushunchasisha nisbatan boy va sermazmunroq, kengroqdir. Olamning namoyon bo„lishi shakllari ham xilma - xildir. Faqat moddiy jism- larnigina o„ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyiladi. Odamning ma‟naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyiladi. Ayni shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo„lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo„lish imkoniyati bor va bo„lishi mumkin bo„lgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, talabaning bugungi talabalik kunidagi faoliyati aktual olamga mansub bo„lsa, kelajakda mutaxassis bo„lib yetishishi esa potensial olamga mansubdir. Olamning mavjudligi shubhasiz bo„lgan va barcha e‟tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo„lishi ehtimoli bo„lga olam virtual olam deb ataladi (lotincha virtualis - ehtimoldagi, degan ma‟noni bildiradi). Aniq ma‟lum bo„lgan olam Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling