Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
3 K I R I SH O„zbekiston mustaqillikka erishgach, boy o„tmish qadriyatlarimizga, shu jumladan, falsafa fanining ham muammolariga munosabat o„zgardi. Yarim asrdan ko„proq davom etgan Sovet tuzimi sharoitida muhim, murakkab falsafiy muammolar ustida erkin fikrlashga, minglab yillar davomida shakllangan dunyoni lol qoldirgan falsafiy meros va qadriyatlarni xolisona o„rganishga yo„l qo„yilmadi. Mustaqil ilmiy ijodiy tadqiqotlar o„rnini aqidaparastlik, totalitar tuzim siyostini, avtoritar g„oyalarni targ„ib qilish egalladi. Natijada asrlar davomida inson aqli va tafakkuri salohiyatining yuksak cho„qqisi sifatida qarab kelingan falsafaning jamiyat taraqqiyoti, inson bilimlari, ma‟naviyati yuksalishidagi o„rni, ahamiyati torayib va chegaralanib qoldi. Mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti yaratgan sharoit va imkoniyatlar falsafaga umuminsoniy qadriyat sifatida yondashish, jamiyat tarixida shakllangan barcha falsafiy ta‟limotlarni bir - bir bilan uzviy bog„lagan ma‟naviy jarayon sifatida qarash, Sharq falsafasi, jumladan, Osiyo halqlari ijtimoyi - falsafiy fikr tarixi va an‟analarini chuqur yoritish, halqimiz- ning hozirgi kundagi mustaqil taraqqiyoti, istiqboli bilan bog„liq bo„lgan nazariy - amaliy muammolarini xolisona o„rganish va umumlashtirish zaruriyatini vujudga keltirdi. Inson ma‟naviy kamol topib, jamiyat, fan va texnikaning rivojlanib borgani sari falsafiy dunyoqarashga bo„lgan ehtiyoj ham kengayadi, chuqurlashadi. Bu esa falsafaga yangicha, ijodiy yondashish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mustaqil mamlakatimizning yangi falsafasi insoniyat tarixi taraqqiyoti davomida yaratilgan ma‟naviy madaniyatning uzviy tarkibiy qismi, insoniyatning o„ziga va borlikka bo„lgan munosabati haqidagi qarashlarining bir butun tizimi bo„lmog„i, insoniyat kamolotiga va butun jamiyatning ijtimoiy, ma‟naviy yuksalishiga xizmat qilmog„i lozim. Falsafiy qadriyatlar halqlar, millatlar o„rtasidagi o„zaro do„stlik, hamkorlik, birlik va totuvlikni ta‟minlashga, komil inson shaxsini tarbiyalashga, yoshlarimizni yangicha, erkin, ijodiy tafakkur salohiyatini shakllantirishga, fan va madaniyat taraqqiyotiga ilmiy metodologik zamin bo„lmog„i kerak. Bu vazifalarni hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o„tib sayqallangan umuminsoniy falsafiy qadriyatlarga tayanib bajarilishi lozim. Falsafani yuqorida bayon qilingan mohiyati va ahamiyatidan kelib chiqqan holda ushbu qisqacha falsafadan ma‟ruzalar matni Oliy o„quv yurtlarining talabalari uchun yozildi. Ushbu “Falsafa asoslari” fanidan yozilgan ma‟ruzalar matni yoshlarning yangi 4 dunyoqarashi shakllanishida ilmiy, ijodiy tafakkur salohiyati rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti ma‟naviy omillari mustahkamlanishining asosiy shartlaridandir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling