Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Ikkinchi savol. Borliq shakllari. Borliq o„zining mavjudlik shaklla-riga ko„ra xilma -
xildir.bizni qurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo eng umumiy borliq bo„lib, u kundan - kun real mavjud narsalardir. Ushbu narsa va hodisalarning ham biri o„ziga xos, boshqalarida mavjud bo„lmagan tomonlar, xususiyatlarga ham ega. Inson o„z faoliyatida ularni bilish jarayonida borliq- ning bu turli ko„rinishlaridan kelib chiqib, umumiylashtirishga, guruhlash-tirishga, muayyan yaxlit tizimlarga birlashtirishga kirishadi. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ular borligining ko„rinishlariga ko„ra, turli shakllarga birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir. Insonlar amaliy faoliyatlarida borliqning turli shakllari o„rtasidagi umumiylik va farqlarga albatta e‟tibor beradilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash, ajratish, kishilarning amaliy faoliyatida dunyoni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o„rganish borliq kategoriyasining mazmunini o„rganishdan, borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi. Borliq shakllarini bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o„zaro aloqadorlikda bo„lgan quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) insondan, uning ongidan tashqarida ob‟ektiv reallik sifatida mavjud bo„lgan narsalar, hodisalar, jarayonlardan iborat moddiy borliq; b) faqat inson, uning ongi bilan bog„liq sub‟ektiv reallik sifatida mavjud bo„lgan fikrlar, g„oyalar, qarashlar tizimidagi ma‟naviy borliq. Shuni aytish kerakki, borliqning bu turlari o„rtasidagi farq nisbiy, chunki ular bir-birlariga o„tib turishi mumkin. Shu bilan birga ularning har biri o„z navbatida yana bir qancha shakllar va ko„rinishlarga bo„linishi mumkin. Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha noorganik va organik moddalar olami, o„simlik va hayvonot dunyosi, insoniyat kishilarning o„zi va ularning 32 o„zaro ijtimoiy munosabat-laridan tashkil topgan jamiyat - bularning barchasi moddiy borliq ko„rinishlaridir. Shunga ko„ra moddiy borliqni quyidagi konkret turlarga ajratish mumkin: 1. Tabiiy borliq yoki tabiat borligi; 2. Insoniy borliq yoki inson borligi; 3. Ijtimoiy borliq yoki jamiyat moddiy borligi. Moddiy borliqning bu turlarining har biri o„z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko„rinishlarga bo„linadi. Ma‟naviy borliq inson ongi bilan bog„liq barcha ma‟naviy hodisalar: fikrlar, g„oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma‟naviy - madaniy hayotdir. a) Tabiiy borliq va uning ko„rinishlari 1. Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayolarning asl tabiiy borligi. 2. Tabiatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borligi. b) Inson borligi. Inson borligi alohida kishi borligi va butun insoniyat borligi ko„rinishlarida mavjud bo„lishi jihatidan o„ziga xosdir. Biroq bu inson borligida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo„lgan tomonlar, xususiyatlar ham mavjud. Bu jihatdan inson borligi o„z tabiati va mohiyatiga ko„ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma‟lum tomonlarining dialektik borligini namoyon etadi. Inson eng avvalo boshqa jonzotlardan has qiluvchi va fikrlovchi jonli tanaga ega bo„lgan alohida real tabiiy individ sifatida mavjud ekanligiga alohida e‟tibor qaratish lozim. c) Ma‟naviy borliq. Ma‟naviy borliq aslida inson borligining bir ko„rinishi bo„lib, u individ va ijtimoiy ong jarayonligini o„z ichiga oluvchi ma‟naviylik, ma‟naviy qadriyatlar, ma‟naviy boyliklardin iborat. Ma‟naviylik inson va insoniyatning nodir fazilati bo„lib, u inson ruhiyati bilan chambarchas bog„liqdir. Ma‟naviylik - bu ko„p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o„z ichiga oluvchi insonning kundalik hayot tajribalari, uning tabiat va jamiyat bilan bo„lgan munosabatlarida hosil qilingan malakalari, ko„nikmalari, uning shaxs sifatida shakllanishi davomida egallagan ahloqiy, siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy qarashlari, badiy, texnik fikrlari yig„indisi hisoblanishiga alohida e‟tiborni qaratish kerak. d) Ijtimoiy borliq. Ijtimoiy borliq ham borliqning shakllaridan biri bo„lib, ijtimoiy borliq deyilganda, individual akka shaxs va jamiyat hayotining hamma 33 tomonlari emas, balki ularning faqat moddiy hayoti tushuniladi. Ijtimoiy borliq jamiyatning moddiy ishlab chiqarish munosabat-larining umumiy yig„indisiga alohida ahamiyat kasb etadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling