Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi savol
Mavzuning rejasi:
1. Falsafa atamasining mohiyati. Falsafaning bahs mavzusi va ularning mohiyati. 2. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. 3. Dunyoqarash tushunchasi: mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlar, ularni o„rganishning ahamiyati. Birinchi savol: Falsafa atamasining mohiyati hamda falsafaning bahs mavzusini yoritish? “Falsafa” atamasi asli Qadimgi yunon tilidan olingan bo„lib, “filio” (sevmoq) va “safos” (donishmandlik) so„zlarining birikuvidan iborat bo„lib, uning lug„aviy ma‟nosi “donishmandlikni sevish” demakdir. “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII - III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelganligi, o„sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylanganligiga Yunonistonda “filosofiya” atamasini dastlab matematika fani orqali buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa u avvalo Qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, 5 to„g„rirog„i “fanlarning otasi”, ya‟ni asosiy fanga aylangan. Sharqda ikkinchi Arastu, “Ikkinchi muallim” deya e‟tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy (873 - 950) filosofiya so„zini “hikmatni qadrlash” deb talqin qilgan. Falsafa avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U bir tomondan insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllaridan uzil - kesil ajratgan jarayon natijasidir. Falsafaning oldiga qo„ygan vazifalar va uning hayotdagi o„rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo„lgan munosabat ham o„zgarib borgan. Falsafa ijtimoiy tafakkur rivoji, yutug„i insonning ma‟naviy taraqqiyoti mahsulidir. Shunday qilib falsafa insoniyat ma‟naviy madaniyatining mustaqil bir sohasi sifatida shakllanib, o„zining tarkib topishi uzoq davom etgan. Birinchi bo„lib falsafani nazariy bilishning alohida bir sohasi sifatida qaragan faylasuflar Aflotun va Arastudir. Ular falsafa deganda nimani tushunamiz va u nimani o„rganadi degan savolga: “Falsafa - bu insonning dunyo va o„zi to„g„risidagi hamma bilimlarini o„z ichiga oluvchi fandir” - deb javob berishadi. Buyuk mutafakkir keyingi davrlarda ham falsafa jamiyatning ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy hayoti bilan bog„liq holda rivojlanib bordi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling