Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Ikkinchi savol: Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasini yoritish.
Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma‟munni olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o„tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyat-lar bilan bog„liq masalalarning barchasi uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o„z ifodsini topadi. Aslida yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avvalboshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo„ladi. O„z yurti, millati, ota-onasi va yoru birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo ona shularning kamoli uchun qayg„uradi, ularni o„ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy himmat deb tushunadi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar 6 albatta aks etadi. Bu esa o„z navbatida, umuminsoniy fan bo„lgan falsafada milliylikni aks etishiga asos bo„ladi. Bizning nazarimizda milliy falsafa millat mintalitetini belgilay-digan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyasiga uzviy qo„shilish jarayo-ni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo„ladi. Eng muhimi falsafadagi milliylik, umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi. Falsafa tarixiga nazar tashlasak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma‟naviyat xazinasiga munosib hissa bo„lib qo„shilganligini ko„ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutgandan keyin o„z milliy davlatchiligiga ega bo„lgan Yevropa mamlakatlarida o„rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoniyati tug„ildi. To„g„ri, ular umumevropa hududida Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda Yevropa halqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mintaliteti aks etgan edi. Bu jarayon avvalo Italiya va Angliyada, so„ngra Fransiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon, R. Dekart, B. Spenoza va J. J. Russo kabi atoqli namoyondalari nafaqat o„z mamlakatlari, balki Yevrpa va jahon falsafasi tarixida o„chmas nom qoldirdi. Xuddi shunday milliy va umuminsoniy falsafa Germaniya va boshqa mamlakat falsafasida ham mana shunday milliy va umuminsoniylik falsafasi shakllanganligi ma‟lum. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling