Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi savol
Mavzuning rejasi:
1. Globallashuv, uning belgi va xususiyatlari; 2. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davrida umumbashariy muammolar, Axborotlashgan jamiyat; 3. O„zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash yo„llari. Birinchi savol: Globallashuv, uning belgi va xususiyatlari masalasida shuni qayd etish lozimki, globallashuv insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo„layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishidir. Globallashuvning hozirgi kunda uch manbaining mavjud ekanligi, jumladan - kommunikatsiya vositalaridagi tub o„zgarishlar; - investitsiyalardagi yangi jarayon; - dunyodagi yangi qarashning vujudga kelishidir. Hozirgi kunda globallashuv protsessiga to„g„ri yondashish taraqqiyotni tezlashtiradi, tinch - totuvligini ta‟minlaydi, jamiyatda ijtimoiy barqa-rorlikni, siyosiy mavqega egalikni ta‟minlaydi hamda qo„shni davlatlarga nisbatan muloqot vositasi hisoblanadi. Globalizatsiyaning takomillashib borishi, birinchi navbatda ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni tezlashtiradi, davlatlar o„rtasidagi aloqalarni mukammallashtiradi, natijada halqaro fuqarolik jamiyati shakllana boradi. Globalizatsiyaning iqtisodiy omillari katta ahamiyatga ega. U ijtimoiy hayot va davlatning barcha moddiy va ma‟naviy sohalarini qamrab oladi. Globalizatsiyaning asosiy omili halqaro mehnat taqsimotini kuchaytiradi, natijada transport va aloqalarning narxi muntazam pasayib boradi. Ayniqsa, axborot vositalari sohasidagi inqilobni vujudga keltiradi. Globallashuvning bugunga kelib katta ahamiyat kasb etishga bir qancha sabablar 97 mavjud: texnologiyaning tez rivojlanishi natijasida kommunikatsiya va axborot almashuvining osonlashishi kommunizm g„oyasini yo„q bo„lishi haqidagi siyosiy jarayonlar, transportning taraqqiy etishi natijasida mamlakatlararo yuk tashish hajmining ortishi va turizmning rivojlanishi. Bu o„z navbatida, kompaniyalarga rivojlanish imkoniyatini yaratadi, qo„shimcha bozorlar ochishga olib keladi. Madaniyat va qadriyatlar integratsiyasi natijasida iste‟mol turlari kengaytirdi, yangi xom ashyo manbalarini ochib berdi, integratsiya jarayonini kengaytirdi. Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta‟sir qilib, alohida mamlakatlarni jahon hamjamiyatiga bog„laydi. Natijada yangi bozorlar (kapital, valyuta bozori, sug„urta bozori va hokazo), yangi vositalar paydo bo„ladi (turli axborot tizimlari, Internet, uyuli aloqa). Bular esa, o„z navbatida yangi nazorat vositalarini talab etadi. Bugungi kunda iqtisodiy hamkorlik, intellektual mulk, internetdan foydalanish sohalarida yangi halqaro me‟yoriy hujjatlar ishlab chiqarib, mamlakatlarning ichki qonunlari ham ularga moslashtirib borilmoqda. Globallashuvning quyidagi asosiy belgilarini ko„rsatish mumkin: halqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi, halqaro kapital aylanmasi va uning yo„lidagi to„siqlarning bartaraf etilishi, elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo„lgan chuqur o„zgarishlar, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, halqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil etilishi. Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot birinchidan - odamlar dunyoqarashi o„zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, halqaro munosabatlar rivoji odamzod hayotiga ta‟sirni ko„rsatdi, ikkinchidan - davlatlar va halqlar o„rtasida birlashishga intilishni kuchaytirgan ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an‟ana va ma‟naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ko„rsatdi. Turli davlatlararo va hukumatga dahli bo„lmagan halqaro tashkilotlar-ning faoliyatini qaytadan isloh qilishni taqozo etadi. Bugungi ahvol halqaro tashkilotlardan eng yirik muammolarga ahamiyat berishni talab etadi. Shu bilan birga “globalizatsiya” jahon taraqqiyotiga ko„rsatayotgan ijobiy ta‟sir 98 bilan bir qatorda chuqur tasavvurlarni ham o„z ichiga oladi, bu tafovutlarni e‟tiborga olmasa, ular insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi ham mumkin. Birinchidan, bu ba‟zi mamlakatlarning texnologik yutuqlar sohasida mutlaq ilg„orlikni qo„lga kiritayotganligi asnosida sayyoramiz zahiralari ham, iqtisodiy faoliyat ham jahon miqyosida transnatsional korporatsiyalar tomonidan boshqarilishi tizimi shakllanayotgani va tobora mustahkamlanib borayotganligidadir. Ikkinchidan, hozirgi davrda globalizatsiya dunyoda ijtimoiy tenglikka erishishni yengillashtirmaydi, aksincha, buni qiyinlashtiradi, degan qarashlar ham mavjud. Ularning fikricha, badavlat mamlakatlar aholisi daromad-larning past va o„rta darajali daromadli mamlakatlar aholisinikiga nisbatan ilgarilab, o„sishga barqaror mayillik saqlanib kelmoqda. Agar o„tgan asr boshida (1913 yil) dunyo aholisining eng boy mamlakatlarda istiqomat qiladigan beshdan bir qismiga tegishli boylik orasidagi nisbat 11:1 ni tashkil qilgan bo„lsa, 1960 yilda ushbu farq 30:1 nisbatgacha, 1990 yilga kelib esa 60:1 nisbatgacha kattalashdi va hamon jadal ortib bormoqda. 1997 yilja u 74:1 nibatni tashkil qildi. Buning asosiy sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalo xom ashyo tovarlariga asoslanib qolgan ishlab chiqarish va eksport targ„iboti shakllanganligidadir. Narx va daromadlarga ko„ra, ularga bo„lgan talabning past darajasidagi moslanuvchanligi, ularning ishlab chiqarilishini eksportidan tushadigan daromadning past sur‟atlar bilan o„sishi va boshqa sabablardan iborat. Uchinchidan, global iqtisodiy jarayonlarning bardosh bera olmay, uzoq vaqtlar mobaynida jahon silsilasining quyi qavatidan chiqib keta olmayotgan mamlakatlar ijtimoiy va fuqaro nizolarining xavfi ostida qolmoqdalar. Ba‟zi Afrika mamlakatlarida mahalliy va fuqarolar o„rtasidaga urushlar, davlat to„ntarishlari, bir qator Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari, Yugoslaviya, Kavkazorti mamlakatlari va boshqalarda xavfli holatni keltirib chiqarmoqda. To„rtinchidan, jahondagi ijtimoiy va iqtisodiy notekislik qashshoq mamlakatlardan badavlat mamlakatlar tomon aholining ko„chishi oqimini tug„dirmoqda. Malakali kadrlarning siljishi va boshqalar. 99 Beshinchidan, mafiya tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning, ya‟ni misli ko„rilmagan daromad keltiruvchi “mol” - qurol yarog„ va giyohvand moddalardan tortib, inson tana organlarigacha jalb qilinayotgan transna-sional jinoiy ishlarning sodir etilishiga olib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, globalizatsiyani chetlab o„tish mumkin emas, u jamiyat taraqqiyotidagi tarixiy jarayondir. Lekin globalizatsiyaning jamiyatdagi muayyan unsurlar va tuzilmalarga yo„l qo„ymaslik XXI asr halqlari va davlatlari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Global muammolarning kelib chiqishi va hal etilishi zaruriyati insoniyat jamiyati yangi sivilizatsiyaviy sifat o„zgarishlarni taqozo etadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling