Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol: O„zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash yo„llariga
kelganimizda Prezident I.A.Karimov tomonidan “O„zbekiston - kelajagi buyuk davlat”, “O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O„zbekiston XXI asrga intilmoqda” kabi qator asarlarida mamlakatimizning kelajagi to„g„risida falsafiy mushohada qilib bergan. Bu asarlarda O„zbekistonning mintaqamiz-dagi o„ziga xos o„rni, ulkan tabiat resurslari, demografik omil va inson salohiyatini inobatga olib, boy ma‟naviy merosimiz, tarixiy tajriba, milliy qadriyatlarimizga asoslanib mamlakatimiz yaqin yillarda rivoj-langan mamlakatlar ichida munosib o„rin egallashini ko„rsatadi. Islom Karimov ta‟kidlagani kabi: “Jahon sivilizatsiyasi xazinasiga ulkan hissa qo„shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatimiz, ko„p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aqliy imkoniyatlarimiz, halqimiz-ning yuksak madaniyati va ahloqiy qadriyatlarimiz, bag„rikengligi va jahon hamjamiyatda o„ziga munosib o„rin egallashga bo„lgan istagi buning garovidir” Mamlakatimizda Sobiq Ittifoqlan meros qolgan eng global muammo - bu Orol 104 fojiasidir. Bu haqda jahon miqyosida ko„p marta tashabbus bilan chiqilgan. Shu bilan birga mamlakatimiz aholisi ham muttasil o„si bormoqda. O„zbekiston o„z aholisi o„sishi bilan bog„liq masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Bozor iqtisodiyotiga o„tish sharoitida aholini ijtimo-iy himoya qilish tamoyili, bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb atalishi va bu yilda aholini ijtimoiy himoya qilishda amalga oshirilayotgan ishlar buning yaqqol misolidir. Bu yo„nalishlar aholi o„rtasida tengsizlikning oldini olishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda Respublika hukumati inson salomatligini muhofaza qilish, tug„ilgan har bir chaqaloq oldida ota - onaning, qolaversa jamiyatning javobgarligini oshirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib, 2 yoshgacha va 16 yoshgacha bolali ayollarga moddiy yordam berish hamda mahallalarda kam ta‟minlangan, moddiy yordamga o„ta muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berishning yo„lga qo„yilishi, shu bilan birga “Sog„lom avlod” jamg„armasining tuzilishi, “Sog„lom avlod uchun” ordenining ta‟sis etilishi, 2006 yilning “Sihat - salomatlik yili”, 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb atalishi ham fikrlarimizning dalilidir. Bugungi kunda yosh avlodni o„tmish, qadriyatlar asosida Vatanparvar, iymon - e‟tiqodli qilib tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling