Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol: Iqtisodiy islohotlar va sivilizatsiyalashgan bozor muno- sabatlari
111 masalasida O„zbekiston uzoq yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub o„zgarishlarni zudlik bilan qisqa vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini olish va puxta o„ylangan strategik rejalarni amalga oshirishga alohida e‟tibor berildi. Islohotlarning amalga oshirilishi milliy manfaatlar uchun xizmat qilishi zarurligi e‟tiborga olindi. Islohotlar amalga oshirilishiga qadar respublika aholisining aksariyat qismi iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda bo„lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, haddan tashqari boyib va qashshoqlashib ketishiga turli noroziliklarning kelib chiqmasliklariningoldini olish lozim edi. Ana shularni nazarga olib Prezident I.A.Karimov o„tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash strategiyasini ishlab chiqdi. Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib belgilanadi. Har bir bosqichda ma‟lum iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bular quyidagilar: • Mulkni xususiylashtirish; • Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish; • Mulkning xilma - xil shakllarini vujudga keltirish; • Agrar islohotlarni amalga oshirish; • Milliy valyutani amalga oshirish; • Yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi; • Rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda qo„shma korxonalar barpo etish; • Innovatsiya siyosatini amalga oshirish; • Xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va boshqalar. Xullas, chinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak ma‟naviyat, yuksak ahloqiylik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o„tish O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradigan qulay shart - sharoitlar quyidagilar: - Mamlakatning nihoyatda ko„p boyliklarga ega ekanligi; 112 - Sanoat uchun zarur bo„lgan xom ashyo zahiralariga ega ekanligi; - O„zbekistonning tabiiy - jo„g„rofiy qulay o„rni; - Mamlakatda ijtimoiy siyosiy barqarorlikni o„rnatilishi. Ana shu imkoniyatlar O„zbekistonning iqtisodiy sohada jahon siviliza-siyasiga qo„shilib borishi uchuch keng istiqbollar yaratadi. O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida kishilarning mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga bo„lgan munosabatlarini o„zgartirish g„oyasi yotadi. Uzoq yillar mobaynida ishlab chiqarish vosialariga bo„lga ijtimoiy mulkchilik - kishilar mehnat faoliyatining asosiy barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi edi. Shaxsiy manfaatlarni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga bo„ysundirish, mehnat raqobati bo„lmasligi, insoniyat mehnatdan, jamiyadan beganolashuviga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini tezlashtirdi. O„zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka va insonning o„z - o„ziga bo„lgan munosabatni tubdan o„zgartirishning nazariy - falsafiy asoslarini ishlash zarurati vujudga keldi va bu I.A. Karimov asarlarida o„z ifodasini topdi. Bu asarlarda mehnat va mehnatga munosabat sohalari hamda xususiy mulkning o„rni masalalari har tomonlama nazariy va amaliy tomondan asoslab berildi. Bozor munosabatlari sharoitida mahsulot sifati va samaradorligini yaxshilashning muhimi qonunlaridan biri raqobatli muhitni yaratish, kishilarda mulkka egalik hissini shakllantirish, shaxsiy manfaatdorlik va uni davlat manfaati bilan uyg„unlikda olib borish muhim ahamiyatga ega sifatida joriy etila boshlaydi. Mehnatni tashkil etish jarayonida kishilarning kasbiy malakasi, ko„nikma hosil qilish, mehnat madaniyati, mehnatni tashkil etishda ijodiy yondashish kishilarning mehnat va mulkka bo„lgan munosabatini ko„rsatuvchi mezonga aylanadi. Mulk insonning aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida yaratilgan va uning barqaror yashashi uchun kafolot beradigan moddiy va intellektual boylikdir. Mulk avloddan avlodga meros bo„lib o„tishi ham mumkin. mulk mulkdorning tasarrufida bo„lgan barcha tirikchilik va ishlab chiqarish vositalaridandir. Mulkning shaxsiy, xususiy, jamoa, davlat mulki singari shakllari mavjud. 113 Bozor munosabatlariga o„tish davrida davlat xususiy mulkni qo„llab - quvvatlaydi, mulkning turli shakllarini rivojlantirishda xususiy mulk dahlsizligini huquqiy kafolotlash, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar yo„lga qo„yadi. Bu esa ularning mulkdor bo„lishi, o„rta mulkdor sinfining shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratadi. Mehnat jarayonida yaratilgan har qanday mahsulot o„z qiymatiga ega bo„ladi. Qiymat mahsulotda o„z ifodasini topadigan, xodimning aqliy va jismoniy kuchi, qobiliyati, bilimi, sarflangan vaqti, xom ashyo, yoqilg„i, energiya, yo„l harajatlari uchun mablag„ va hokazolardir. Foyda bozor munosabatlari sharoitidaamal qiladigan muhim qonuniyat-lardan biridir. Xususiy mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o„rin tutadi. Hozirgi vaqtda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy - iqtisodiy jihatdan teran idrok etish, yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish ularning jahon sivilizatsiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko„rsatishi uchun zamin yaratadi. O„zbekistondagi demokratik jarayonlar jahon sivilizatsiyasi bilan uyg„unlashishning yanya bir imkoniyatidir. O„zbekiston qonunchiligini halqaro huquq talablariga muvofiqlash-tirish, nufuzli halqaro tashkilotlarga a‟zo bo„lish, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlariga bo„lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida saylash, fikrlar xilma - xilligi va ko„p partiyaviylik tizimining qaror topishi, demokratik qadriyatlarni hayotga tadbiq etish, O„zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo„shilib borayotganidan dalolat beradi. I.A. Karimov o„z asarlarida ma‟naviyat, jamiyat taraqiyotida muhim omil ekanligi to„g„risidagi g„oya yangicha falsafiy tafakkurning metodologik asosi, jahon taraqqiyoti tajribalariga tayanishning yorqin namunasidir. Milliy g„oya va milliy mafkura o„zida mamlakatlarning jahon sivilizatsiyasiga qo„shilish nazariyasi yo„llarini yaqqol aks ettiradi. O„zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo„shilish tajribasi, uning milliy g„oyasi va mafkurasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi. Jahon sivilizatsiyasiga qo„shilish talablarida Vatan tuyg„usi, ma‟rifat-parvarlik, 114 milliy g„urur, burch, mas‟uliyat hissini tarbiyalashga yordam beradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling