Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Ikkinchi savol: Zardushtiylik va “Avesto” da aks ettirilgan falsafiy g„oyalarni yoritishda
ushbu ta‟limotga Zardusht asos solganligini, bu ta‟limot eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo„lgan davr mahsuli ekanligini qayd etish lozim. Manbalarga ko„ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. U o„zini payg„ambar deb e‟lon qilgan. Lekin uning payg„ambarligi ilohiy asosga ega emas, ya‟ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o„z aksini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar bergan ma‟lumotlarga qaraganda bu ta‟limot Vatanimiz hududida, xususan Xorazm zaminida paydo bo„lgan. O„z davrida halqni ezgulikka va adolat g„oyalariga da‟vat etish, hayotbaxsh an‟analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo„lgan, uning g„oyalariga bog„liq qadriyatlar 12 bugungi kungacha yashab kelmoqda. Halqimizning ma‟naviy madaniyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Zardushtiylikning bosh kitobi “Avesto” bo„lib, unda qadimgi halqlar-ning dunyo to„g„risidagi tasavvurlari o„ziga xos qadriyat va urf - odatlari aks ettirilgan. Unda olamning azaliy qarama - qarshi, yaxshilik va yomonlik, issiqlik va sovuqlik, hayot va o„lim borasidagi qarashlar o„z ifodasini topgan. “Avesto” da shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tabiatga oid ma‟lumotlar ham berilgan. Ushbu mavzuni yaratishda Aleksandr istilosi Markaziy Osiyoni bosib olganda boshqa madaniy yodgorliklar qatorida “Avesto” ni ham Makedoniyaga olib ketgan, bir qismini yoqib yuborganligi alohida qayd etish lozim. Iskandarga qarshi kurashda halqimizning milliy qahramoni Spitamen beqiyos mardlik va jasurlik ko„rsatganligini, u buyuk lashkarboshi bo„lganli-giga alohida ahamiyat berish kerak. Uning qahramonligi millatimizning o„sha davrdagi o„z davlatchiligini, o„zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borgan kurashi-ning yaqqol timsolidir. Spitamenni halq qo„llab - quvvatlamasa uning obro„si bunchalik baland bo„lmas edi. Spitamen halqning ruhi bilan yashaganligini alohida qayd qilish kerak. Spitamenning qahramonligi va uning ozodlik uchun kurashi kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo„lib xizmat qiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling