Фалсафа асос doc
Mavzu №4.Olam va odam falsafiy talqini
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning rejasi
- Birinchi savol.
Mavzu №4.Olam va odam falsafiy talqini
Mavzuning maqsadi Olam va fanning paydo bo„lishi va evolyutsiyasi haqida hozirgi zamon falsafiy 24 fikrlarning mohiyatini, olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bog„liq muammolar hamda olam tushunchasi, olamning diniy, ilmiy va falsafiy nuqtai nazardan talqin etishning mohiyati, olamning namoyon bo„lish shakllari kabi masalalarni aniq, ravshan hamda manbalarga suyangan holda asoslab berishga qaratilgan. Mavzuning rejasi 1. Olam va fanning paydo bo„lishi va evolyutsiyasi haqida hozirgi zamon falsafiy fikrlar. 2. Olam to„g„risidagi manistik, dualistik va poralistik qarashlar va ularning ahamiyati. 3. Olam va odam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy yo„nalishlarni o„rganishning ahamiyati. Birinchi savol. Ushbu mavzuga oid masalalar olamda odamning mavjud-ligi va yashashi, hayot kechirish faoliyati bilan bog„liq hamda shakllangan. Olam to„g„risidagi qarashlar odamzodning tarixi qancha qadimgi bo„lsa, shunchalik qadimiydir. Odamzod yashayotgan shu dunyo o„zining murakkabligi va muammolari bilan, jozibadorligi, butun go„zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo„lmaganda edi, mavjud olam to„g„risida tasavvurlar ham bo„lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmunlidir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo„ladi. Hech narsasi yo„q olam yo„qlikdir. Qadim - qadimdan boshlab odam o„zini o„zi anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanini tushuna boshlagan. U dastlab, o„zining hayotini ta‟minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetadi va ularni avaylab asrash, e‟zozlash tuyg„usi shakllana boshladi. Shu tufayli olam asosida yotuvchi to„rt unsurni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g„oyalar vujudga keldi hamda olam to„g„risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo„lgan. Ba‟zi bir qarashlarga binoan odamning tirikchiligini ta‟minlovchi narsalarni odam uchun, uning yashashi uchun xudo tomonidan yaratilgan ne‟matlar deb biladi. Falsafiy nuqtai nazardan inson tabiat ne‟matlaridan foydalanish bilan birga o„ziga 25 qulay sharoit yaratib olishga, tabiat ne‟matlariga va ularni ishlab chiqarishga ijodiy yondashganlar. Bu esa odamning olamga moslashishga intilishi natijasidir, ya‟ni olamni odam o„z ehtiyojlariga moslashtirishga intilib yashagan. Olam, eng avvalo tor ma‟noda odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o„simlik va hashorotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma‟naviy olam va shu singari boshqa ko„plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo„lgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilimi, tajriba va hayolotini o„z ichiga oluvchi o„ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda olam odam yashaydigan joy, degan ma‟noga qaraganda kengroq mazmunga ega bo„ladi. Nimaiki mavjud bo„lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz mavjud bo„lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkuri-ning asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u ob‟ektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasavvurlar butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umumlashtiruvchi tushuncha narsalarning asosida nima yotdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia - nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat, degan ma‟noni beradi) deb ataladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling