Фалсафа асос doc
Inkorni inkor (taraqqiyotda vorislik va davomiylik)
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Inkorni inkor (taraqqiyotda vorislik va davomiylik).
Taraqqiyotda vorislik va davomiylik inkorni inkor etish yo„li bilan amalga oshiriladi. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo„lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashishi Inkor deb ataladigan inkor atamasini falsafaga Xegel kiritgan. Uning fikricha inkor g„oyaning, fikrning rivojlanish bosqichidir. Dialektika inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qilib, onkor qilish to„g„ridan - to„g„ri “yo„q” demak emas, yoki narsa mavjud emas, deb e‟lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo„qotib tashlamoq emas. Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo„lmasdan, balki yangi eskining bag„rida vujudga kelib, undagi sog„lom tomon-lardan foydalanib qaror topishini tan olishdir. “Ichki inkor” taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir, deb qayd etadi nemis faylasufi Xegel. Dialektik inkor bir paytda sodir bo„ladigan yemirilish bilan yaralishni, narsa va hodisalarning yo„qolishi va paydo bo„lishini bog„lib, ilgarilab rivojlanish holatini ifodalaydi. Dialektik inkorning muhim ichki jihati mavjud. Birinchidan, eskining o„rniga yangining kelishi tabiiy tarixiy jarayon bo„lganligi uchun taraqqiyot-ning muhim sharti hisoblanadi, ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog„liq ekanligini ham ifodalaydi. Inkorni inkor deb atalishining sababi moddiy olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o„zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o„tib borishi va oqibatda rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib 51 chiqadi. Demak, har bir narsa va hodisaning o„zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko„proq inkor etilish bilan amalga oshiriladi. Inkorni inkor ana shu inkorning sodir bo„lishi bilan rivojlanishning davom etishini ifodalaydi. Dialektik inkorga ko„ra taraqqiyotning spiralsimon harakteri o„ziga xos xusu-siyatlarga inkorda narsa va hodisalar o„zgarmasdan qolmasligi, ikkinchidan yemirilayotgan narsa (inkor etilayotgan) bilan paydo bo„layotgan narsa o„rta-sidagi bog„liqlikning mavjudligi, uchinchidan inkor etilayotgan narsa oldingi erishilgan yutuqlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Inkorni inkor natija-sida taraqqiyotning oddiylikdan murakkablikka, pastdan yuqoriga borishligi qonuni protses ekanligini ochib beradi. Demak dialektikaning qonunlari taraqqiyotning mohiyatini ochib beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling