Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Uchinchi savol ni yaratishda dunyoqarashning o„ziga xos xususiyati:
Dunyoqarash - bu avvalo inson o„rni va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi, baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Bu jihatdan dunyoqarash dunyoning inson ongidagi o„ziga xos in‟ikosi bo„lib, inson o„z - o„zini va dunyoni anglashning alohida shaklidir. Dunyoqarash ijtimoiy - tarixiy harakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning dunyoqarashi mavjud. Shunga ko„ra dunyoqarash o„ziga xos alohida maxsus va umumiy xususiyatlarga ega bo„ladi. Dunyoqarashning o„ziga xos maxsus xususiyati shuki, unda mifologiya, din, 7 filosofiya, fan, siyosat, huquq, san‟at, ahloq va shu kabi ijtimoiy - ma‟naviy hodisalar mujassamlashgan holda in‟ikos etgan bo„ladi. Dunyoqarashning umumiy xususiyati shuki, u insonni, dunyoni va o„zini anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo„lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma‟naviy faoliyatlarida o„z ifodasini topadi. Dunyoqarash tarkibiga borliqning oddiy hissiy va aqliy in‟ikosi sifatida hosil bo„lgan sezgi, idrok va tasavvurlardan tortib, nazariy tafakkurda mantiqiy jihatdan qayta ishlanib hosil bo„lgan mifologik, diniy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, badiiy va ilmiy bilimlar, nuqtai - nazarlar, ishonch va e‟tiqodlarning barchasi kiradi. Dunyoqarash shu bilan birga o„ziga xos vorislik va davomiylikka ham ega. Tarixda bosib o„tgan har bir davrda yashagan avlodlar tomonidan hosil qilingan dunyoqarashni tanqidiy o„rganib, ularning muhim va ijobiy tomonlarini o„zlashtirib olish juda muhimdir. Sababi, o„tgan avlodlar tomonidan yaratilgan dunyoqarashlar har bir yangi avlod dunyoqarashining shakllanishida ma‟naviy zamin vazifasini bajaradi. Umuman dunyoqarash - insoniyatning o„tmishi, hozirgi va kelajakdagi hayoti sharoitlarining anglab olingan qadriyatlari tizimidan iboratdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlardir. Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in‟ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun harakterlidir. Bu dunyoqarash o„z ifodasini ko„proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan. Bu rivoyatlar va afsonalar ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki davrlarida, uning turli bosqichlarida paydo bo„lib, ularda tasvirlangan obrazlar, afsonaviy qahramonlar, xudolar, yovuz kuchlar bo„lishgan. Bular orqali qadimgi kishilar o„zlarining tabiat, jamiyat va bir-birlariga bo„lgan munosabatlarini bildirganlar. Diniy dunyoqarash - olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog„lab tushunishdir. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlari diniy tuyg„u, diniy aqidalarga ishonish, sig„inish, diniy e‟tiqod va shu kabilar tashkil qiladi. Diniy dunyoqarashning boshlang„ich elementi - bu diniy tuyg„udir. Diniy tuyg„u kishilarning his - hayajoni, 8 kechinmasi, ruhiy holati bilan bog„liq bo„ladi. Falsafiy dunyoqarash - dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy - intellektual faoliyatiga ko„proq e‟tibor beradi. Falsafiy dunyoqarash insonning doimo muayyan maqsadga qaratilgan, amaliy va nazariy faoliyati bilan uyg„unlashgan eng umumiy tushunchalarida ifodalanadi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafa fanining paydo bo„lishi bilan uzviy bog„liq holda yuz beradi. Zamon falsafiy dunyoqarashining asosini falsafiy qarashlar va tasavvurlar tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling