Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi

Download 0.49 Mb.
Sana28.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1237333
Bog'liq
falsafa predmeti

Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan
olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi
ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya
so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha
munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III
asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi

Falsafa fanining muammolari:
Xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar
insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat
taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kuntartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilmfan taraqqiy etib boradi.

Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog’liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug’ullanadi.
Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni – gnostiklar;olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to’g’ri va
aniq haqiqat darajasiga ko’tarila olmaydi deyuvchilarni esa – agnostiklar(yunoncha — bilib bo’lmaydi degan ma’noni
anglatadi) deb yuritiladi.

O’zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog’liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar,
qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. O’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilingani
yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning
kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish,
mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling