Falsafa asoslari
О zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
34
О zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy- lik ta'limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlari- gacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy-falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta'limotga Zardusht asos solgan bo'lib, Sharq va G'arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur- dir. Manbalarga ko'ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanligi haqida aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. U o'zini payg'ambar deb e'lon qilgan. Lekin uning payg'ambarligi ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bu ta'limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo'lgan. Zardushtiylikning bosh ki- tobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, o'ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomon- lik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o'lim borasidagi qarashlar o'z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shu- ningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma'lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o'g'li Alek- sandr (eski o'zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtri- ya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o'rin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko'pgina qis- mini yondirib yuborgani haqida ma'lumotlar bor. Bugungi kun- gacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bil- magani, uni o'qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to'g'risida ko'rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqi- qatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo'lsa-da, xaspo'shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o'z zamonida fanlarning otasi deb nom ol~ gan falsafani fan darajasiga ko'targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta'lim olgan edi. Binobarin, Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa deb ta'riflash tarix haqiqatiga to'g'ri kelmaydi. 35 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling