Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jami-
yat, tafakkur, g'oyalar, o'y-xayollarimiz barchasi birday mavjud- dir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo'lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi. 96 Materialistik mazrmmdagi borliq tushunchasi ta'rifiga faqat obyektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog'liq bo'lmagan jismoniy mohiyatga ega bo'lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma'naviy shakllari bu ta'rifdan lashqarida qoladi. Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo'lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o'ziga qamrab oluvchi o'ta keng tuslmnchadir. U o'ziga nafaqat obyektiv real- likni, balki subyektiv reallikni ham qamrab oladi. Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo'lib turgan qismi bo'lib, o'tgan va mavjud bo'ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo'lgan, ular tomonidan tan olin- gan qismi. Borliq o'ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An'anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajra- tib ko'rsatiladi. Ularga: tabiat borlig'i, jamiyat borlig'i, ong borlig'i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir. Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig'i va jamiyat borlig'ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig'i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig'i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo'linadi: azaliy tabiat borlig'i (yoki tabiiy tabiat borlig'i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo'lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsa- lar borlig'i («ikkinchi tabiat» borlig'i, ya'ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig'i esa, o'z navbatida, quyidagi ko'rinishlarda uchraydi: — inson borlig'i (insonning narsalar olamidagi borlig'i va odamning o'ziga xos bo'lgan insoniy borlig'i); — ma'naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan ma'naviy borliq); — sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig'i va jamiyat borlig'i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi. Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan, mumkin bo'lgan; realis — haqiqiy, mavjud) — zamonaviy texnika vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yara- tiladigan va insonga olamni o'ziga xos idrok etish va anglash 97 imkonini beradigan sun'iy dunyo shakli haqida ham ko'plab fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun'iy borliq» tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo'lsa, Jaron Lanyer hozirgi kun- da keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy muomalaga kiritgan edi. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratila- digan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi g'oyasini ifoda etadi. Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud bar- cha narsalarning manbayi inson ongidir. Binobarin, u obyektiv tarzda, ya'ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo'ladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongi- dan qat'i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta'sir ko'rsatadi, mazkur ongning mazmuniga — bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi. Borliqning moddiy shakli materiya o'ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab ola- di. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo'lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo'nalishi moddiy olamning aso- sida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo'li bo'lib, yuqorida qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo'lidir. Ikkinchi yo'l esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish ele- mentlarini» — substratni axtarish yo'li. Uchinchi yo'l —- hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya'ni pramateriyani axtarish yo'li. Mana shu yo'l haqida maxsus to'xtab o'taylik. Olamning substansiyasini axtarishning bu usuli go'yoki meva iste'mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab daraxtga, so'ngra uning guliga, bargiga, ko'chatiga va urug'iga nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning o'zagida dast- labki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya'ni ilk materi- 98 yani, azaliy materiyaning «bobokalonini», «pramateriyani» axta- rish usulidir. Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo'ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nis- batan ham umumiyroq bo'lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy obyektlarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma'nodagi materiya faqat fikrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Fay- lasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo'llaydigan tushuncha materiya deb ata- ladi. Demak, materiya moddiy obyektlarga xos eng umumiy tu- shuncha, falsafiy kategoriyadir. Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fan- ning uzoq o'tmishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Hindis- ton va Xitoyda, Misr va Bobilda, qadimgi O'rta Osiyo va Yu- nonistonda ba'zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba'zilari bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tup- roqdan iborat deb hisoblashgan. Ba'zi bir falsafiy ta'limotlarda esa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, bar- cha narsalar ana shu to'rtta unsurning birikishidan hosil bo'lgan, deyilgan. Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir yo'li narsalarning tarkibidagi bo'linmas eng kichik unsurni, ya'ni narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma'nosini anglatadi)ni axtarishdir. Bunday yo'nalishga man- sub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, qadim- gi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bo'linmas un- surlar atomlar yotadi, ular o'zlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Albatta bu ta'riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushun- maslik lozim. Bu ta'riflarda ko'proq sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi mumkin bo'lgan reallik nazarda tutilgan. Nimaiki 99 mavjud bo'lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz man- sub bo'lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u obyektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasawurlar butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umum- lashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan nuqtayi nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia — nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma'noni beradi) deb ataldi. Substansiya — muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jara- yonlarning xilma-xil ko'rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo'luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta'limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodi- sani, materiyani, g'oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm tarafdorlari. g'oyani, ruhni oluvchilar esa — idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g'oya yoki ruh yotadi deb hi- soblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ik- kilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida ko'p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis — ko'pchilik so'zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi. Olamning namoyon bo'lish shakllari xilma-xildir. Faqat mod- diy jismlarnigina o'ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya'ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma'naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma'naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo'lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo'lish imkoniyati bor va bo'lishi mumkin bo'lgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi ta- labaligingiz aktual olamga mansub bo'lsa, kelajakda mutaxassis bo'lib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir. 100 Olamning mavjudligi shubhasiz bo lgan va barcha e tirof etadi- gan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo'lishi ehtimoli bo'lgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so'zi lotincha virtu- alis — ehtimoldagi degan ma'noni beradi). Aniq ma'lum bo'lgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi. Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma'lum bo'lgan, tan olingan hayoti real olamga mansub bo'lsa, uning xayoliy rejalari virtual olamga, uning o'zi va atrofidagilar konkret olamga, ke- lajakka yo'nalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir. Odam o'z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial ola- mining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi. Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka-yu yagona bo'lib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bo'lib yashaydi. Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi o'zaro munosabatlari, faoliyatlari, o'y-xayollari, ideallari, maqsad va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi. Odamning jamiyatdagi boshqalar bilan birgalikdagi ijtimoiy faoliyati, ularning har biriga xos bo'lgan takrorlanmas individual olamlariga bog'liqdir. Individual olam, ayni paytda tashqi olamni ham, ijtimoiy olamni ham aks ettiradi, o'zida ifodalaydi. Bular bir-birlari bilan chambarchas bog'liqdir. XX asrning o'rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yu- tuqlar kishilarning obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o'zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta'sir etishining imkoni bo'lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqotlar olib bora boshladi. Olamning klassik mexanika nuqtayi nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o'rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sha- roit tug'dirdi. Bu o'zgarishlarni hisobga olib, marksist-faylasuflar bu ta'rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya'ni turli asbob- lar; qurilmalar vositasida) ta'sir etuvchi, degan qo'shimcha kiri j > tishdi. Shunday qilib, bu ta'rif go'yo materiyaning moddaviy va 101 nomoddaviy shakllarini, ya'ni modda va antimodda ko'rinishlarini qamrab oluvchi ta'rifga aylandi. Materialistlar materiyani obyektiv reallik, deb ta'riflashadi. Obyektiv reallik inson sezgilariga bog'liq bo'lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo'lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning subyektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Obyektiv re- allikning mavjudligi qanday namoyon bo'ladi? Bu savolga javob topishda, borliqning ajralmas xususiyatlarini o'rganishga to'g'ri keladi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so'zi bilan ataladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling