Falsafa asoslari


«Sivilizatsiya» tushunchasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma'lumki, lotin tilidagi «civilis» 
so'zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma'nolarni 
anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shot-
land tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tari-
xiy jarayonining malum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz 
ma'rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, 
degan ma'noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya 
tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda 
uni madaniyatning, ba'zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi 
sifatida ishlatgan bo'lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, ak-
sincha, uni madaniyatning antipodi ma'nosida, ya'ni madaniyat-
ning halok bo'lish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz 
sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o'ziga xos va nisbatan yopiq 
bo'lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan. 
Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xil-
lik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ij-
timoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan 
bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma'lum 
bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasi); 3) ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) 
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa 
yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko'ra, farqlanuv-
chi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsi-
yasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko'ra farqlanuvchi 
birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivi-
lizatsiyalar); 7) etnik asosga ko'ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy 
birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu 
kabi ma'nolarni ifodalash uchun qo'llanib ke! moqda. 
Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifaiiy o'ziga xosligini, 
u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish 
153 


kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan 
umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bu-
larning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo'Hshi 
uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo'qolishi 
sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. 
Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, 
sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga 
yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim 
bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga 
va demakki, metodologik ahamiyatga ega bo'ladi. Aynan etnik 
birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o'ziga xosligi, 
asosiy xarakteristikalari o'zini yaqqol namoyon etadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling