Falsafa asoslari
Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-
lantirish zarurligi. Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma'lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog'liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o'z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xu- susiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o'ralish, milliy mahdudlik degani emas. Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umum- 19 insoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» — degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o'ziga xos milliy taraqqiyot yo'lidan keta- yotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaat- larimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu yo'nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz. Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo'lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o'zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g'oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qan- day umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo'ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi. Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o'rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini bel- gilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo'shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo'ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi. Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ayrim milliy fal- safalarning umuminsoniy ma'naviyat xazinasiga munosib hissa bo'lib qo'shilganini ko'ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o'z milliy davlatchiligiga ega bo'lgan Yev- ropa mamlakatlarida, o'rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug'ildi. (O'rta asr Yevropa madaniyatiga bag'ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To'g'ri, ular umumyevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so'ngra Fransiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va JJ. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o'z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o'chmas nom qoldirdi. 20 Ular, awalambor, o'z yurti, o'z millati sha'nu sharafini yuksak- likka ko'tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg'or g'oyalarni o'rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo'shgan. Xuddi shunday, XVIII-XIX asrlarda milliylik va jahon fal- safasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta'sir ko'rsatgan hudud Prussiya bo'ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarki- bida bo'lgan bu o'lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in'ikosi o'laroq I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko'plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta'limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o'tkinchi ekan- ligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o'tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta'limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo'lishi uchun ko'proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o'ylantirib keladi. Xo'sh, nima sababdan Hegel bu yo'ldan bordi? Chunki, Hegel o'z davrining, o'z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o'sha davr falsa- fasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg'ir kabi yog'ilmaydilar yoki yomg'irdan keyingi qo'ziqorinlardek yerdan o'sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o'z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo'lsada, nemis davlati ekanligini o'z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo'lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so'zlarini ham ana shu ma'noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko'proq e'tibor berganligming sababi ham ana shunda. 21 O'sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko'proq tarqoq hududlarga bo'linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o'zgarishi boshqa masala bo'lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog'liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylan- gan milliy davlatchilik g'oyasi hech qachon so'nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo'ladi. Hegel o'z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o'sha davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko'tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Mil- liylik va umumyevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o'z jozibasini yo'qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda. Shunga o'xshash vazifani, o'z davrida, millatimizning asl far- zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan mil- lat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o'z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o'sha davrga xos o'zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qay- ta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o'zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo'ladigan ma'naviy tamoyil, an'ana va qadriyatlarga murojaat qiladi. Bugungi kunda bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo'ydi, hayotning barcha sohalari- da ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o'zining aql-zakovati va mehnati bi- lan juda ko'p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko'plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi. Biz yashayotgan dunyo so'nggi yillarda nihoyatda o'zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida 22 olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan o'zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, is- tiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksalti- rishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi dunyoda o'z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar bor. Chunonchi, «hind falsafasi», «xitoy falsafasi», «nemis falsa- fasi», «ingliz falsafasi» kabilar shular jumlasidandir. Milliy ada- biyot, milliy madaniyat, san'at va hokazolar bo'lgani kabi, mil- liy falsafaning ham bo'lishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy qobiqqa o'ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifa- tida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug'uUanayotgan aniq shaxs — faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifodalaydi. Millat ozod bo'lsa, o'z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o'z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq man- faatlarini aql-idrok, mafkura yo'li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng milliy falsafani rivojlantirish g'oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millatning haqiqiy farzandi bo'lgan, uning kamolini o'ylaydigan chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo'lmaydi. Shu sababli biz o'rganadigan falsafa umumbashariy muammo- lar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huqu- qiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma'naviyatning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog'i lozim. Bugun ulug' ajdodlarimiz tamal toshini qo'ygan o'zbek milliy falsafasini rivojlantirishning barcha shart-sharoitlari mavjud va bunda quyidagi jihatlar alohida o'rin tutadi: — xalqimizning o'z milliy an'analariga sodiqligi; — mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi; — muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e'tiqodi; Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling