Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- 2-mavzu. Falsafiy tafakkur tarixi. Sharq falsafasi
Tayanch tushunchalar: falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar,
falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi, dunyoqarash, dunyoqarashning vazifalari, mifologik dunyoqarash, diniy dunyo- qarash, falsafaning vazifalari, tafakkurning o'zgarishi, dunyoqa- rashning yangilanishi. Takrorlash uchun savollar 1. «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz? 2. Falsafaning bahs mavzulari nima? 3. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz? 4. Falsafa milliy bo'lishi mumkinmi? 5. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. 28 6. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan morat? 7. O'zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazi- falari. 2-mavzu. Falsafiy tafakkur tarixi. Sharq falsafasi Tarixni bilish, undan to'g'ri va xolis xulosalar chiqara olish in- son ma'naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o'tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qa- dimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa'rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapi- dan gapiring?", «O'tmish qa'ridan tashbeh izlagandan ko'ra, bu- gungi muammolar ustida bosh qotirgan ma'qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o'xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o'tmishni bilmas- dan turib, kelajakni to'g'ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q. Shu ma'noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o'tmishga qiziqqani- miz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro'y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g'oyalarning tug'ilishiga sabab bo'lgani, qaysi ta'limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta'sir ko'rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko'proq rivojlanish yoki tanazzul to- mon yetaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o'rganamiz. Tarixni o'rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o'rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim aha- miyatga ega. Tarixni falsafasiz to'g'ri tushunib bo'lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to'g'ri anglab bo'lmaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling