Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi
va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko'ra, ularning mazmuni va shakli o'zgarib turadi. O'z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o'rtasidagi strukturaviy bog'lanish konkret mazmunga ega bo'lib, unga mos mazmunlarda o'z ifodasini topadi. Boshqa- cha qilib aytganda, mazmun va shakl o'rtasidagi aloqadorlik, bog'lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asosla- nadi. Ya'ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo'lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalar- ning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra, sabab — biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqi- bat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tari- xiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo'ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo'lib hisoblanadi. Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo'lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo'lmagan, muhim va muhim bo'lmagan sabablarga ajratish mumkin. 131 Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vu- judga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko'ra, sababni bir vaqtning o'zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniq- roq qilib aytadigan bo'lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalar- ning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy tak- rorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning gene- tik bog'lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hegel till bilan ayt- ganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sa- bab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo'lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta'minlaydi; 3) sabab umumiy xarakterga ega bo'lib, hech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo'lmaydi; 4) sabab zaruriy bo'lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibat- larni keltirib chiqaradi; 5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog'lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sa- babning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog'liqligini xarakterlaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling