Falsafa asoslari
Individ va individuallik, inson va shaxs
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Individ va individuallik, inson va shaxs. Individlik — bir narsa
haqidagi tasavvur bo'lsa, o'z qiyofasi, dastxati, mezonlariga ega bo'lgan, qonunga, bir xillashtiruvchi me'yorga bo'ysunmaydigan, alohida tahlilni taqozo etadigan narsa individual hisoblanadi. In- dividuallik g'oyasi o'ziga xoslik va o'z nomiga egalik ruhi bilan sug'oriladi. Individuallikning ro'yobga chiqishi — yangi va be- takror narsaning tug'ilishi. Individuallikka u o'z ish qobiliyatiga qaytaruvchi mavjudlik xos. Unda lozimlik andazasiga bo'ysunish majburiyati yo'q. «Men» o'z-o'zi sifatida faoldir. Insonning erkinlikka intilishi uning hozirgi talqinida o'ziga xos tarzda saqlanib qolgan. Insonning evolyutsiya «kvanti» si- fatidagi talqini taklif qilingan. Bu inson nafaqat o'ta faol, balki ancha nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi. Inson yashaydigan ma'naviy muhit kengayishi bilan uning qiyofasi o'zgarib boradi. Inson, rus «sobor» falsafasi an'analarida qayd etilganidek, nafaqat shaxsiy, balki umuminsoniy hamdir. «Shaxs» tushunchasi inson o'z harakatlari va hissiyotlarining mas'ul subyekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o'zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va o'z tashabbuslarining ahamiya- tini tushunishini anglatadi. «Shaxs» tushunchasi odatda ikki xil ma'noda ta'riflanadi. Birinchi ma'noda, shaxs — inson individi munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatida namoyon bo'ladi. Bunga lotincha persona atamasi mos keladi. Ikkinchi ma'no, in- sonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi ancha barqaror tarzda namo- yon bo'lishini ko'rsatadi. Bu o'rinda shaxs individni tavsiflovchi doimiy va muayyan ijtimoiy ahamiyatga molik jihatlar majmuyi si- fatida amal qiladi, hamisha empirik insondan farq qiladi, Chunki u o'z qilmishi va qarorlarida o'zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar tizimiga rioya etadi. Shaxs verbal jihatdan ham, obyektiv jihatdan ham moddiylashuvchi qadriyatlar tizimining tashuvchisidir. Shu bois shaxs o'zini o'zi «yaratishi», ya'ni ideal reja-mo'ljalga mu- 182 vofiq, o'z hayotini yo'lga qo'yishi va shart-sharoitlarni muayyan darajada o'ziga bo'ysundirishi mumkin, deb hisoblanadi. Shaxs doim o'zini o'zi namoyon etishga intiladi, u o'zgarmas va taniqlidir. Shu ma'noda, shaxs tasodifiy tarzda namoyon bo'luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va uyg'un jonzot, degan fikr o'rinli. Hozirgi zamon falsafasining yo'nalishlaridan biri — persona- lizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutug'ini va uning asosiy ma'nosini ko'radi. Shaxs dunyoni o'zlashtiruvchi o'ziga xos betakror subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barka- mollikka intiladi va har tomonlama uyg'un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir. Shaxs kechinmalari muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyat- lar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining instinktiv omillari ko'proq xosdir. M.Sheler individning bunday mayllari qatoriga ochlik, jinsiy mayl va hokimiyat instinktini kiritadi. Ammo faol inson hayotining har bir hodisasi vital va ma'naviy asoslar birligi sifatida namoyon bo'ladi. Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning hammaga o'xshashligi uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxs- sizlashuvi shu qadar kuchli bo'lishi mumkinki, u nom o'rniga tartib raqami yoki ko'rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa» deb atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy vazifa va funksiyalar individual xulq-atvorda yo'l qo'yiladigan xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qi- lingan andazadan har qanday tarzda chetga chiqish hollari bilan murosa qila olmasligini ochiq-oydin namoyish etadi. Raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish — ayirboshlash — iste'mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi ham tovarga — yaxshi narxga pullash mumkin bo'lgan tashqi si- fatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bo'lishi uchun esa qabul qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta'biri bilan ayt- ganda, «chiroyli o'ram»ga ega, xushchaqchaq, sog'lom, izzattalab va faol bo'lishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur futbolchilar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Shu nuqtayi na- zardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi futbolchilarning bir necha 183 yuz million dollarga, boshqa ratbolchilarning esa bir necha o'n million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablan- tirmaydi. Xullas, odamzod tarixida qachon «inson», «shaxs», «individu- allik» tushunchalari paydo bo'lgani bahsli masaladir. Bu masala- ning Sharq va G'arbda o'ziga xos talqinlari mavjud bo'lib, ular ko'p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni ustuvor deb bilish asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi nazaridan o'rganish inson borlig'i masalasining tarixi uzoq ekanini, bugungi kunda ham uning falsafiy nazariyalar uchun qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling