Falsafa asoslari


Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axlo-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axlo-
qiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamo-
lotga salbiy ta'siri. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning 
ma'naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol-
zarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Oilada kishi xarakterining, 
uning mehnatiga, eng muhim ma'naviy, g'oyaviy va madaniy 
boyliklariga munosabatining asosi shakllanadi. Shuning uchun 
ham jamiyat oilaning mustahkam, ma'naviy va axloqiy jihatdan 
sog'lom bo'lishidan g'oyat manfaatdordir. 2012-yilga «Mustah-
kam oila yili» deb nom berildi. Mamlakatimizda oila institutini 
rivojlantirish va takomillashtirish borasida yangi qarorlar, das-
turlar qabul qilindi. Bugun ham ushbu dasturlarda belgilangan 
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Chunki 
oila mamlakatimizdagi eng oliy qadriyat sanaladi. Oilaning eng 
muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi. 
Oila — tarbiya maskani, aynan shu maskanda dunyoga kel-
gan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, bal-
ki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab 
boradi. Ota-ona o'rtasidagi o'zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, 
poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ona suti, 
oila a'zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati 
mazmuniga singib boradi. 
Ta'lim-tarbiyaning hamda ma'naviy va axloqiy fazilatlar-
ning rivojlanishida oila uning negizi, ya'ni tayanchi hisobla-
nadi. Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi 
ko'p jihatdan ota-onaga bog'liq. Farzand tarbiyasining bu qadar 
muhimligi shunda namoyon bo'ladiki, hozirgi yoshlar ertaga 
butun yurtning egalari, merosxo'rlari, davomchilari bo'lishadi 
va shu sababdan ham butun yurtning kelajagi hozirgi yosh-
larga bog'liqdir. Agar oiladagi muhit yaxshi bo'lsa hamda far-
zandga alohida e'tibor berilib unda salbiy xislatlarning paydo 
bo'lishining oldi olinsa, yaxshi xulq bilan shakllanib boradi. 
O'zbek oilasida bola ongida sog'lom g'oya bilimlar shakllani-
shi jarayonida oilaning kattalari — bobolar, momolar, yaqin qa-
302 


rindosh urug'lari ham bevosita ishtirok etadi. Udumlarimizga 
binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko'ra buva va buvilar-
ning ta'siri kuchliroq bo'ladi. Ular oiladagi ma'naviy muhitning 
boshqaruvchilari hisoblanadi. 
Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, 
ma'naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Shu 
boisdan ham «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturi»da bu 
masalaga alohida urg'u berilgan. 
Ya'ni: 
— «oila oilaviy an'analarni hamda ma'naviy-axloqiy merosni 
saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi; 
— jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bolaning madaniy, 
estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini va sog'lom turmush tarzini 
ta'minlovchi; 
— bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi 
murabbiy; 
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo masla-
hatchisi, yo'1-yo'riq ko'rsatguvchisidir», deyiladi. 
Oilada ba'zida farzandlar bilan bog'liq muammolar tufayli, 
qarindosh-urug'larning o'rinli va o'rinsiz oilaga aralashuvlari 
tufayli, kasalliklar, yetishmovchiliklar tufayli qiyin vaziyat-
lar yuzaga kelishi mumkin. Mana shunday damlarda mavjud 
holatni axloqiylik bilan baholab, bir yoqadan bosh chiqarib 
harakat qilish er-xotinning irodasiga, bilimiga, hayotiy tajri-
basiga bog'liqdir. Mana shu jihatlarning yetishmasligi sababli 
ham ajralishlar ko'paymoqda. Bundan tashqari, sotsiologlar 
ajralishlarning bir qancha sabablarini sanab o'tishgan: «Badav-
lat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kun-
da nikoh odamlarning o'z mulki va mavqeini keying! avlodga 
o'tkazish maqsadidagi sa'y-harakatlari majmuyi bo'lmay qoldi. 
Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta'minlanishi bilan nikoh qa-
chonlardir bo'lganidek, iqtisodiy sheriklik zaruriyatining nati-
jasi hisoblanmay qoldi»
1

1
Giddens E. Sosiologiya. - Т.: «Sharq», 2002. - 442 b. 
303 


Oiladagi ruhiy-ma'naviy muhitning buzilishi, ota-onasi 
o'rtasidagi kelishmovchiliklar bolalarda o'zining juda yomon aso-
ratlarini qoldiradi. Chunki oilada kamol topayotgan farzandlar 
ham ularning muomala-munosabatidan, o'zini tutishidan namu-
na oladi. Muammolarni obyektiv baholab, hal etish o'rniga ota 
so'kinishni odat qilsa, ichkilikka raju qo'ysa, ona sabr-toqatni 
unutib, andishasiz gap-so'zlarga erk bersa, farzandlar tarbiyasiga 
befarq bo'lsa, bunday oilaning poydevori darz ketishi shubhasiz. 
Falsafa fanlari doktori Viktor Alimasov bu haqda shunday yozadi: 
«Zavjasi bebaxtu o'zi baxtiyor erni ham, eri bebaxtu o'zi baxtiyor 
xotinni ham uchratmadim. Baxt ham, bebaxt ham ahlda barobar 
taqsimlanadi»
1
. Demak, oilaviy baxtda ham uyg'unlik, bir-birini 
tushuna olish muhimdir. 
Bugun mahallalardagi komissiyalar tomonidan oilalarhing ij-
timoiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotiga oid masalalar yuzasidan bir 
qator ijobiy ishlar, xususan oilaviy nizolarni tinch yo'l bilan hal 
etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, aholining ijtimoiy himoya-
ga muhtoj qatlamini manzilli qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbir-
korlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ish­
lar amalga oshirilmoqda. Komissiyalar tomonidan olib borilgan 
amaliy ishlar natijasida oilaviy ajrimlar soni 50 foizga, notinch 
oilalar 30 foizga qisqarganini ta'kidlash lozim. Bir kun janjal 
chiqqan joydan qirq kun baraka ketadi, deydi xalqimiz. 
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nu-
fuzini ta'kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi ka-
folatli omillarining rolini o'rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash katta ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb masala 
bo'Hb qolmoqda. Mamlakatimizda 2017-yil davomida 306197 ta 
oila jamiyatimizga qo'shilgan bo'lsa, shu yilgacha qayd qilingan 
nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan. Taqqoslash uchun 2016-yil-
da 275048 ta nikoh qayd qilingan va 29321 ta nikoh bekor qi­
lingan. Ajralishlar soni 2016-yilga nisbatan 2609 taga yoki 8,1% 
ko'paygan. Ushbu ajralishlar FXDYO organlari orqali 621 taga 
(1,9 %) va sud qarori asosida 1988 taga (6,2%) ko'paygan. 
Alimasov V. Topgan va topitigan bitiklarim. — Т.: Falsafa va huquq. 2007. — 71b. 
304 


2017-yil nikohi bekor qilingan oilalarni tahlil qilinganda 
1—8 yilgacha o'zaro er-xotin sifatida yashab keyin ajrashganlar 
soni 18575 ta yoki 58%, shundan 2 yildan 3 yilgacha birga ya­
shab 5174 ta (16,2%), 4 yildan 5 yilgacha birga yashab 5524 ta 
(17,3%) si ajrashgan. 50 yil birga yashab «Oltin to'ylari» bo'lgan 
23 ta oila ajrashgan. 60, 63, 65 va 67 yil yashagan bittadan oila 
ajrashgan
1

Oila hayoti shunday murakkab jarayonki, har bir holat yetti 
o'lchab, bir kesishni taqozo qiladi. Yengil-yelpilik, o'zi bo'larchilik 
ketmaydi. Oilaviy hayotda qo'yilgan bittagina noto'g'ri qadam bir 
umrga tatishi mumkin. Tinchlik-osoyishtalik bo'lmagan oilada 
barkamol farzand voyaga yetishi juda qiyin. Bunday oilada farzand 
ko'ngli o'ksik, ruhi siniq bo'lib o'sadi. Qush inida ko'rganini qila­
di deganlaridek, ota-ona farzandiga o'rnak bo'la olishi har qanday 
tarbiya vositalaridan ustun va ishonchlidir. Bolalar ota-onasiga 
taqlid qilishni yaxshi ko'radi, oiladagi bolaga aytib, gapirib, pand-
nasihat berib tarbiya berilganidan ko'ra, amalda ko'rsatib, namuna 
bo'lib tarbiyalash har doim ham samarali kechgan. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling