Falsafa asoslari


Individ va individuallik, inson va shaxs


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Individ va individuallik, inson va shaxs. Individlik — bir narsa 
haqidagi tasavvur bo'lsa, o'z qiyofasi, dastxati, mezonlariga ega 
bo'lgan, qonunga, bir xillashtiruvchi me'yorga bo'ysunmaydigan, 
alohida tahlilni taqozo etadigan narsa individual hisoblanadi. In-
dividuallik g'oyasi o'ziga xoslik va o'z nomiga egalik ruhi bilan 
sug'oriladi. Individuallikning ro'yobga chiqishi — yangi va be-
takror narsaning tug'ilishi. Individuallikka u o'z ish qobiliyatiga 
qaytaruvchi mavjudlik xos. Unda lozimlik andazasiga bo'ysunish 
majburiyati yo'q. «Men» o'z-o'zi sifatida faoldir. 
Insonning erkinlikka intilishi uning hozirgi talqinida o'ziga 
xos tarzda saqlanib qolgan. Insonning evolyutsiya «kvanti» si-
fatidagi talqini taklif qilingan. Bu inson nafaqat o'ta faol, balki 
ancha nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi. Inson yashaydigan 
ma'naviy muhit kengayishi bilan uning qiyofasi o'zgarib boradi. 
Inson, rus «sobor» falsafasi an'analarida qayd etilganidek, nafaqat 
shaxsiy, balki umuminsoniy hamdir. 
«Shaxs» tushunchasi inson o'z harakatlari va hissiyotlarining 
mas'ul subyekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o'zi idrok 
etayotgan narsalarni anglashi va o'z tashabbuslarining ahamiya-
tini tushunishini anglatadi. «Shaxs» tushunchasi odatda ikki xil 
ma'noda ta'riflanadi. Birinchi ma'noda, shaxs — inson individi 
munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatida namoyon bo'ladi. 
Bunga lotincha persona atamasi mos keladi. Ikkinchi ma'no, in-
sonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi ancha barqaror tarzda namo-
yon bo'lishini ko'rsatadi. Bu o'rinda shaxs individni tavsiflovchi 
doimiy va muayyan ijtimoiy ahamiyatga molik jihatlar majmuyi si-
fatida amal qiladi, hamisha empirik insondan farq qiladi, Chunki 
u o'z qilmishi va qarorlarida o'zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar 
tizimiga rioya etadi. Shaxs verbal jihatdan ham, obyektiv jihatdan 
ham moddiylashuvchi qadriyatlar tizimining tashuvchisidir. Shu 
bois shaxs o'zini o'zi «yaratishi», ya'ni ideal reja-mo'ljalga mu-
182 


vofiq, o'z hayotini yo'lga qo'yishi va shart-sharoitlarni muayyan 
darajada o'ziga bo'ysundirishi mumkin, deb hisoblanadi. 
Shaxs doim o'zini o'zi namoyon etishga intiladi, u o'zgarmas 
va taniqlidir. Shu ma'noda, shaxs tasodifiy tarzda namoyon 
bo'luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va 
uyg'un jonzot, degan fikr o'rinli. 
Hozirgi zamon falsafasining yo'nalishlaridan biri — persona-
lizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutug'ini va 
uning asosiy ma'nosini ko'radi. Shaxs dunyoni o'zlashtiruvchi 
o'ziga xos betakror subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barka-
mollikka intiladi va har tomonlama uyg'un shaxslar jamiyatida 
yashashga haqlidir. 
Shaxs kechinmalari muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyat-
lar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining instinktiv 
omillari ko'proq xosdir. M.Sheler individning bunday mayllari 
qatoriga ochlik, jinsiy mayl va hokimiyat instinktini kiritadi. 
Ammo faol inson hayotining har bir hodisasi vital va ma'naviy 
asoslar birligi sifatida namoyon bo'ladi. 
Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning hammaga 
o'xshashligi uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxs-
sizlashuvi shu qadar kuchli bo'lishi mumkinki, u nom o'rniga 
tartib raqami yoki ko'rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa» deb 
atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy 
vazifa va funksiyalar individual xulq-atvorda yo'l qo'yiladigan 
xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qi-
lingan andazadan har qanday tarzda chetga chiqish hollari bilan 
murosa qila olmasligini ochiq-oydin namoyish etadi. Raqobatga 
asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish — 
ayirboshlash — iste'mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi 
ham tovarga — yaxshi narxga pullash mumkin bo'lgan tashqi si-
fatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bo'lishi uchun esa qabul 
qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta'biri bilan ayt-
ganda, «chiroyli o'ram»ga ega, xushchaqchaq, sog'lom, izzattalab 
va faol bo'lishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur 
futbolchilar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Shu nuqtayi na-
zardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi futbolchilarning bir necha 
183 


yuz million dollarga, boshqa ratbolchilarning esa bir necha o'n 
million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablan-
tirmaydi. 
Xullas, odamzod tarixida qachon «inson», «shaxs», «individu-
allik» tushunchalari paydo bo'lgani bahsli masaladir. Bu masala-
ning Sharq va G'arbda o'ziga xos talqinlari mavjud bo'lib, ular 
ko'p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni ustuvor deb bilish 
asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi 
nazaridan o'rganish inson borlig'i masalasining tarixi uzoq 
ekanini, bugungi kunda ham uning falsafiy nazariyalar uchun 
qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling