Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ilmiy induksiya 
Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv-
chi belgining mavjudlik sababi o'rganiladi. To'liqsiz induksiya-
ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularai ifoda etuv-
chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya 
deb ataladi. 
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqa-
rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va 
o'rganishda quyidagilarga e'tibor berish zarur: 
— ikki hodisa o'rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit-
da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa-
radi. Sabab-hodisaning yo'qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga 
chiqmasligini bildiradi; 
— sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olam-
dagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo'lmaydi; 
— sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma-
ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda 
bo'lavermaydi; 
— sabab-oqibat munosabatlari bir ma'noli bo'lib, muayyan sa-
bab o'ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi. 
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sa-
bab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa-
rishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar 
ta'sirida paydo bo'lishi mumkin. 
Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mav-
jud bo'lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga 
240 


o'xshashlik, tafovut, yo'ldosh o'zgarishlar va qoldiqlar metodlari 
kiradi. Ularning bar birini alohida ko'rib chiqamiz. 
Yagona o'xshashlik metodi. Unda o'rganilayotgan hodisaning 
sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlari-
ni solishtirish, ularning o'xshash tomonini aniqlash asosida hosil 
qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisa­
ning kuzatilayotgan hoUari uchun faqat bitta holatgina umumiy 
bo'lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Ya­
gona o'xshashlik metodining formulasi: 
1. ABC a 
2. ADE a 
3. AGF a 
Demak, A holat ma'lum darajada a hodisaning sababidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling