Falsafa asoslari


Argumentlashning strategiyasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Argumentlashning strategiyasi — argumentlashning maqsadi 
bo'lib, ishontirish, g'alaba qozonish, kelishish, yechimni topish, 
o'ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda na-
moyon bo'ldi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuri-
tish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret 
vaziyatga mos bo'lgan kommunikativ modelni tanlash ham ar-
gumentlashning strategiyasiga kiradi. Argumentlashning strate-
giyasi ishtirokchilarning maqsadi orqali aniqlanadi. Shunga ko'ra 
haqiqatga, ishonchni shakllantirishga, g'alabaga va kelishuvga 
qaratilgan strategiyalarni farqlash mumkin. Ba'zan bu strategi-
yalar birlashib ketishi kuzatiladi. 
252 


Argumentlash strategiyasi ma'ruza, suhbat, dialog, bahs-mu-
nozara, yozma argumentlash, o'zi uchun argumentlashda turli xil 
bo'ladi. Argumentlash strategiyasini belgilab olganda argumentlov-
chi dalillar asosiy va qo'shimcha turlarga ajratiladi, asosiy dalillar 
yetarli bo'lmasa qo'shimchalaridan foydalanish yoki asosiy dalillar 
yetarli bo'lsa, qo'shimchalarini qo'llamaslik rejalashtiriladi. 
Argumentlashning taktikasi deb, argumentlarni eng unum-
li qo'llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat 
shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun 
qo'llaniladigan usul va vositalar majmuyiga aytiladi. 
Argumentlashning taktikasi turli usullarni o'z ichiga oladi: 
— argumentlarni tanqid qilish (opponentnig yolg'on tezisini 
ishonchli faktlar bilan rad etish); 
— dushmanning qurolini o'ziga qarshi qo'llash prinsipi (op-
ponentning fikrlarini o'ziga qarshi ishlatish); 
— isbotlash yukini raqibiga ag'darish (haqiqat sukut saqlash-
dadir); 
— pala-partish so'zlash; 
— hamma narsani rad etib, o'zini aqlli ko'rsatish; 
— «bema'nilikka olib kelish» usuli (opponentning fikri bema'ni 
ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash); 
— «shaxsga murojaat qilish» (tezisni almashtirish); 
— bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o'ziga qay-
tarib qo'llash); 
— isbotlash usulini rad etish; 
— savollar hujumini uyushtirish va boshqalar. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling