Falsafa asoslari


Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Ax­
loqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi 
tarkibiy qismlari mavjud bo'lib inson hayoti, faoliyatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyat­
ning tarkibiy qismidir. 
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha 
sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo 
munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi. 
Muomala madaniyati keng ma'noda insonning butun hayoti 
va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bo'lib, u oilada, 
jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati inson­
ning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dun-
yoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalaning 
«madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot 
sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi 
aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot 
309 


faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar 
bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning 
hamkorlikdagi strategiyasidir. 
Muomala madaniyatida xushfe'llik, xushmuomalalik, hayo-
ibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik singari axloqiy 
me'yorlar muhim sanaladi. 
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini 
joyiga qo'yish bo'lib, ko'pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap 
boshqalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. So'zlash va tinglay 
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini 
tashkil etadi. 
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga 
ega bo'lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va 
rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, av-
valo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda 
keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bog'liq holda yu-
zaga keladi. 
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqti-
sodiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy-madaniy, kundalik maishiy tur-
mush faoliyatida nisbatan turg'un, barqarorlik kasb etib, o'zligini 
bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan 
yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat. 
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, 
qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiy-
lik va kamtarlik, halollik va rostgo'ylik, ochiq ko'ngillik va mard-
lik, saxiylik va muruvvatlilik, o'zaro hurmat, do'stona munosa-
bat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik 
va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, 
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. 
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
1. Axloqiy qadriyatlarni ng mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, 
vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, 
rostgo'ylik va hokazolarga; shakliga ko'ra esa ijobiy yoki salbiy, 
ya'ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxt-
sizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin. 
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko'ra: 
310 


— shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgi-
siga sadoqatli bo'lish, halol rizq topish, so'zining ustidan chiqish, 
oila sha'nini saqlash, haromdan hazar qilish; 
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nis-
batan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e'zozlash, bolajonlik 
va hokazolar; 
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do'stlik, yaxshi qo'shnichi-
lik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va boshqalar; 
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolat-
parvarlik, vatanparvarlik, o'zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik 
kabi turkumlarga bo'lish mumkin. 
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko'ra: 
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma'naviy-axloqiy qadri-
yatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayot-
gan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g'oyalar. Ma-
salan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar 
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k; 
— axloqiy amaliyotda bevosita qo'llaniladigan axloqiy qadri-
yatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat 
maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj-
burlash vositalarini qo'llab pirovard natijaga olib keluvchi qadri-
yatlar; 
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo'ladigan axloqiy qadri-
yatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, udda-
buronlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga 
ajratish mumkin. 
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O'zbekistonda huqu-
qiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllanti-
rishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, 
irqidan qat'i nazar o'zbek xalqi o'zining milliy axloqiy qadriyat-
lari — sabr-qanoat, jamoatchilik, o'zaro yordam, saxovat, tinch-
likni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish 
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta'minlaydi. 
Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o'rin tutadi 
va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog'liq. Diniy qad-
riyatlarning mavjudligi diniy ta'limotlarga asoslansa-da uning 
311 


rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ax-
loqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog'langan. Ular xalqimizning 
turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy 
merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini ni-
shonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har 
tomonlama uyg'onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoq-
da. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalar-
ning merosini nashr qilish, o'rganish, targ'ib etish xalqimizni is-
lomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo'l ochdi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling