Falsafa asoslari


Bioetika — amaliy etikaning nazariy


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Bioetika — amaliy etikaning nazariy asosi. Texnik va texnologik 
jihatdan rivojlangan zamonda ilm-fan rivoji jamiyatning barcha 
sohalariga ta'sir etib qolmasdan iloj yo'q. Taraqqiyot biokimyo, 
biofizika, bioetika kabi yangi fanlarni yuzaga keltirdi. «Hozir­
gi zamon fanida bioetika tirik mayjudotlar shu bilan birga, in-
songa ham bo'lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi deb 
qaraladi. Bioetikani maqsadlaridan biri shaxsni turli holatlarga 
solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-harakati ruhiyatini 
o'zgartirish mumkin bo'lgan, lining ustidan o'tkazilayotgan xil-
ma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi»
1

«Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog shifo-
kor, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911—2001) il-
miy muomalaga kiritdi. «Bioetika» atamasini Potter «Bioetika — 
kelajakka ko'prik» deb atalgan mumtoz kitobida birinchi marta 
qo'llagan. Potterning asosiy g'oyasi yer yuzida hayotni saqlab 
qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va bi-
ologiya fanining sa'y-harakatlarini birlashtirishni nazarda tuta-
di. Potterning fikriga ko'ra, bioetika insoniyatning yashab qo-
lishini ta'minlash va butun kishilik jamiyatining sog'liqni saqlash 
uchun tibbiyot etikasi bilan atrof-muhit etikasi (ekoetika)ni jahon 
miqyosida birlashtiruvchi ko'prik bo'lishi lozim. 
«Bioetika» tushunchasi insonning butun tiriklikka munosaba-
tini ko'rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi. Biologiya 
va tibbiyot sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti, tibbiyot yangi im-
koniyatlarinmg rivojlanishi an'anaviy etika ilgari duch kelmagan 
muammolarni keltirib chiqardi. Amalda bioetika amaliy etikaga 
aylandi ya asosiy e'tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammo-
lariga qaratdi. 
1
Falsafa qomusiy lug'ati. - Т.: Sharq, 2004. - 56 b. 
318 


Bugungi kunda zamonaviy bioetikaning eftanaziya, klon-
lashtirish, abort bilan bog'liq muammolari mavjud. 
Yaratuvchanlik va bunyodkorlik fazilati Alloh yaratgan bar-
cha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko'proq 
berilgan. Ba'zida esa fazilatni o'rnini o'ziga bog'liq holda 
buzg'unchilik illati egallab oladi. Bu holat individ darajasidan 
inson darajasiga shakllanayotgan ona qornidagi bolaga nisbatan 
ayolni o'ziga bog'liq va bog'liq bo'lmagan holatlarda homilaning 
rivojlanishini sun'iy yo'l bilan to'xtatish (abort) bilan bog'liq holat-
lar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko'p 
uchrab turadi. Masalan, «Yevropada uchta mamlakat Shimoliy 
Irlandiya, Malta va Irlandiya Respublikasida abort taqiqlangan. 
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, abortlar soni tug'ilishlar sonidan 
kam emas. Ba'zi mamlakatlarda esa qayd etilgan abortlar soni 
tug'ilishlardan ko'p. Rossiyada ba'zi tug'ruqxonalar abort miq-
dorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so'rab murojaat 
qilishgan. Hatto shifokorlar ayollarga operatsiyadan oldin rohib 
bilan suhbatlashishni shart qilib qo'yishmoqda. Shuning ta'sirida 
abortdan voz kechganlar soni ortgani ta'kidlanmoqda»
1

Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy 
qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o'zining 
dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko'pgina atoqli 
mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun 
vayronkor an'analar va ajralishdan yangi umumbashariy dunyo-
qarashga yo'l topishi zarurligini ko'rsatmoqda. Ularning maz-
kur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan 
2000-yilda chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi. 
Unda quyidagi so'zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini 
himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada 
oshirishi, Shuningdek, bizning butun insoniyat oldidagi majburi-
yatlarimizni qayd etishi lozim». 
Tayanch tushunchalar: muomala odobi, axloqiy madaniyat, 
kasbiy odob, sog'lom turmush, san'at, «omm; viy madaniyat», tib-
1
Qarang: Узбекистан. Общая оценка страны. ООН. 2003. -3 с. 
319 


biy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, qadriyat, bioetika, yuksak 
axloq, barkamol avlod, kosmopolitizm, dunyoqarash, texnologi-
ya, madaniyat, texnika, shaxs. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling