Falsafa asoslari
Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy aha-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy aha-
miyati. Nafosat olamining obyektiv va subyektiv tomonlari mav- 369 jud bo'lib, unda odamlarning voqelikka estetik munosabatda bo'lish jarayonida yaratilgan «ikkinchi tabiat», ishlab chiqarish texnologiyasi, turmush tarzi, oila, bog'cha, ta'lim-tarbiya muas- sasalari obyektiv omil hisoblanib, shaxs va uning his-tuyg'usi, didi, tasavvur va xayollari subyektiv tomonlarni tashkil qiladi. Nafosat olamidagi ana shu obyektivlik va subyektivlik estetik qad- riyatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, ahamiyatini belgilab be- radi. O'zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Ushbu maqsadga eri- shishning asosiy omillaridan biri — bu xalqimiz qalbi va ongida yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mehr-muhabbatni kuchaytirish, axloqiy va diniy qadriyatlarni estetik tuyg'ular, kechinmalar va tasavvurlar bilan uyg'unlashtirishdan iboratdir. Umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan ma'naviy-ma'rifiy-madaniy hayot har bir shaxsning o'zligini ang- lab, umumbashariy va milliy ma'naviy merosni o'rganib, olijanob fazilatlar asosida o'z hayotini tashkil etishni taqozo etadi. Mil- liy ma'naviyat — bu muayyan millatning tarixiy o'tmishi, dini ijtimoiy-ma'naviy qadriyatlar tizimi hamda dunyoqarashining ifodasi. Unda milliy urf-odatlar, an'analar, moddiy-madaniy me- ros, tarixiy yodgorliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Umumin- soniy ma'naviyat esa — barcha xalqlarga xos bo'lgan, ularning barcha ijtimoiy ideallarini aks ettiruvchi an'analar, g'oyalar, in- tilishlar, maqsad-muddaolarni ifodalovchi qadriyatlar tizimidir. Bunday qadriyatlar biror-bir davlat, jamiyat, mafkura tomonidan yaratilmaydi, u barcha insonlarning orzu-umidini ifodalaydigan, ularga birdek manzur bo'lgan, yovuz g'oyalarga qarshi yagona kuch sifatida qaror topadigan qadriyatlar tizimidir. Tinchlik, erk, istiqlol, demokratiya kabi tushunchalar bashariyatning azaliy qadriyatlaridir. Voqelikka estetik munosabatni milliy va umum- bashariy ahamiyati shaxs ma'naviyatining yuksak bo'lishi, uning umuminsoniy va milliy ma'naviyat bilan qanchalik mushtarakli- giga bog'liq. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Hozir- gi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati 370 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling