Falsafa asoslari


Bobur va boburiylar davri falsafasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Bobur va boburiylar davri falsafasi. Temur avlodidan bo'lgan 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) o'sha davrning eng 
ma'rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mir-
zo xonadonida tug'ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan 
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi, 
undagi madaniyat yuksak darajaga ko'tarildi. Hindistonning XX 
asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru 
ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar 
kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. 
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o'z yurtini tashlab ketishga 
majbur bo'lgan Bobur avval Qobulda, so'ngra esa 1526-yilgi Pa-
nipat jangida Ibroxim Lo'di ustidan g'alaba qozonib, Hindiston-
da o'z hukmronligini o'rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 
300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madani-
yatining davomchisi sifatida mashhur bo'ldi. 
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan 
davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o'rnatdi, obodonlashti-
rish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me'moriy 
yodgorliklar, bog'chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, 
san'at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san'atga 
katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga 
ega bo'lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. 
Boburiylarning ko'pchiligi ma'rifatchilik bilan mashg'ul 
bo'ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning 
55 


yana bir xizmati islom va budda diniga e'tiqod qiluvchi musulmon 
va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda bo'ldi. 
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan 
tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid 
«Mufassal», musiqa bo'yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb 
ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o'sha davrdagi Marka-
ziy Osiyo, Hindiston, Afg'oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug'rofiyasi, hayvonot va 
nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, ma-
rosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. 
Bobur o'zining lirik she'rlarida ishq, muhabbat, Vatan 
sog'inchi, mehr, vafo, insoniylik, do'stlik, yaxshilik va mehr-oqi-
batni kuyladi. 
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta 
baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va 
tadbirkorligini, san'atni sevganini va umuman, Hindiston uchun 
ko'p ish qilganligini ta'kidlagan edi. Bobur va boburiylarning 
siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi 
do'stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol 
o'ynamoqda. 
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xuroson-
da madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri 
ham deb atamoqdalar. Ba'zi olimlar esa, bu atamaning Sharq 
mamlakatlariga to'g'ri kelmasligi to'g'risida o'z fikrlarini ayt-
moqdalar. Nima bo'lganda ham Yevropada XV—XVI asarlarda-
gi ko'tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy 
Osiyoda ro'y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko'p tomonlari 
bilan o'xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko'p. 
XIV-XV asrlar moddiy va ma'naviy yuksalishining muhim 
xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish 
o'sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik 
rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy alo-
qalar o'rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilat-
lariga e'tibor kuchaydi, ilm-fan va san'at rivoj topdi, qomusiy 
olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o'rganishga qiziqish 
ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir 
56 


ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ular mustaqil davlatimizni 
mustahkamlashda, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samara-
dorligini oshirishda, milliy g'oya va mafkurani shakllantirishda 
ma'naviy ozuqa vazifasini o'tamoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling