Falsafa asoslari


Xomashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanat-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Xomashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanat-
ni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari ber-
gan ma'lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi 
kungacha ishlab chiqarilgan ko'mirning 45%, temir rudasining 
57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to'g'ri 
kelar ekan. Ana shunday holatni xomashyoning boshqa tur-
lari to'g'risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, 
o'tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqarilgan xomashyo miqdori 
60— 70-yillardagiga qaraganda 1,5—2 barobar ko'paygan. 
Yer yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, in-
soniyatni xomashyo resurslari bilan ta'minlash imkoniyatlari, 
hosildor yerlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, 
Shuningdek boshqa xomashyo zaxiralarining kamayib ketishi 
kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 
Vujudga kelgan ekologik vaziyat tabiiy muhitning inson or-
ganizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir etmasdan 
195 


qolmaydi. Boshqa tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining 
ko'lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xomashyo 
resurslari, foydali qazilmalar bilan yetarli miqdorda ta'minlash 
muammosini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Mazkur 
muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga 
ko'ra, jahon mamlakatlarining har biri o'zi ishlab chiqargan yalpi 
milliy mahsulotning 3—5% miqdorida mablag' ajratishi zarur, 
deyilmoqda. Demak, har yili o'rta hisob bilan 650—850 mlrd. 
dollar hajmida mablag' ajratilishi talab etiladi. 
Juda ko'p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tan-
qisligidan qiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu mamlakat-
lardan 42—45% km
3
hajmida sanoatdan chiqqan iflos oqova 
suvlar suv havzalari, ko'l, dengiz, okean suvini o'zining zaharli 
tarkibi bilan bulg'amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichim-
lik suviga bo'lgan ehtiyoj dunyo miqyosida o'tgan asrimizning 
90-yillariga nisbatan yana 2,3—2,5 barobar oshdi. 
Har yili okeanlarga 12—15 mln. tonnaga yaqin neft va neft 
mahsulotlari to'kilmoqda, shaharlarning kengayishi, sanoat kor-
xonalarini qurish uchun ming-minglab gektar yer maydonlari 
ajratib berilmoqda, o'rmonlar kesilib, yashil yerlar kamaymoqda. 
Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli tus 
olmoqda. Dunyoda har yili 0,8% tropik o'rmonlar yo'qolib bor-
moqda, 200 ming km
2
territoriyadagi tropik o'rmonlar kesilib, 
qayta tiklanmay qolmoqda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gek-
tar yoki minutiga 16 gektar o'rmon yo'qotilmoqda. Tabiiy mu-
vozanatning dunyo miqyosida tez o'zgarishining oqibati hozir-
ning o'zidayoq insonning yashashi va faoliyati uchun o'ta zarur 
bo'lgan mo'tadil muhitning buzilishiga olib kelmoqda. 
Davrimizning yana salbiy belgilaridan biri shundaki, inson 
faoliyati ko'lamining miqyosi tobora biosferani to'la egallab, 
endilikda koinotga ham ta'sir eta boshladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling