Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi


Download 0.75 Mb.
bet104/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Katta asos umumiy hukm bo‘lishi kerak.
2. Kichik asos tasdiq hukm bo‘lishi kerak.
I figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
A A A, E A E, A I I, E I 0.
Misol: A A A modusi.
A. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega.
A. Tafakkur qonunlari – ilmiy qonunlardir.
A. Tafakkur qonunlari ob’ektiv xususiyatga ega.
Sillogizmning birinchi figurasi oddiy qat’iy hukmlarning barcha turlari bo‘yicha xulosalar beradi.
Oddiy qat’iy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Katta asos umumiy hukm bo‘lishi kerak.
2. Asoslarning biri inkor hukm bo‘lishi kerak.
II figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AEE, EAE, AOO, EIO.
Misol: AEE modusi.
A. Hamma hukmlar darak gap orqali ifodalanadi.
E. Savol darak gap orqali ifodalanmaydi.
E. Hech bir savol hukm emas.
Cillogizm II figurasining xulosalari faqat inkor hukmdan iboratdir.
Oddiy qat’iy sillogizmning III figurasining bitta maxsus qoidasi bor: kichik asos tasdiq hukm bo‘lishi kerak.
III figuraning to‘g‘ri moduslari oltita:
AAI, AII, IAI, EAO, EIO, OAO.
AAI – Darapti modusi.
A. Hamma mantiqshunoslar faylasufdir.
A. Hamma mantiqshunoslar – ilmli kishilardir.
I. Ba’zi ilmli kishilar faylasufdir.
III figura moduslarining xulosalari faqat juz’iy hukmdan iborat bo‘ladi.
Oddiy qat’iy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
1. Asoslarning biri inkor hukm bo‘lsa, katta asos umumiy hukm bo‘ladi.
2. Katta asos tasdiq hukm bo‘lsa, kichik asos umumiy hukm bo‘ladi.
IV figuraning beshta to‘g‘ri modusi mavjud:
AAI, AEE, IAI, EAO, EIO.
AAI – Bramalip modusi.
A. Halol odamlarning hammasi vijdonlidir.
A. Hamma vijdonlilar adolatli kishilardir.
I. Ba’zi adolatli kishilar halol odamlardir.
AEE – Camenes modusi.
A. Qo‘li ochiq odamlar saxiy bo‘ladi.
E. Hech bir saxiy xasis emas.
E. Hech bir xasis qo‘li ochiq odam emas.
Sillogizmning IV figurasi umumiy tasdiq hukm ko‘rinishidagi xulosani bermaydi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling