Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet121/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Estetik qadriyat. Qadriyat deganda biz, odatda shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma’naviy—moddiy ob’ektlarni tushunamiz. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko‘tarilgan har bir ob’ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega (axloqiy, estetik, diniy va h.k.) bo‘lishi barobarida darajalarga bo‘linishi bilan ham ajralib turadi.
Bir yoki bir necha estetik xususiyatni o‘zida jam qilgan qadriyatni biz estetik qadriyat deymiz. Estetik qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Go‘zallik, ulug‘vorlik, Registon me’morlik majmui, «SHashmaqom», Navoiyning «Xamsa»si, Rafaelning rang tasviri, SHekspir asarlari—bular hammasi estetik qadriyatlardir. Biz ular haqida fikr yuritar ekanmiz, odatda «bebaho» degan so‘zni ishlatamiz, bu bilan biz ularning qadri nihoyatda balandligini, oddiy-kundalik baholash mezonlaridan yuksak turishini ta’kidlaymiz. Estetik qadriyatlar sof ma’naviylik, ya’ni itellektual—hissiy jihati bilan birga, ma’naviylik va moddiylikning omuxtasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Barcha moddiy estetik qadriyatlar tarix, jamiyat va shaxs tomonidan mulk sifatida qabul qilinib, ularga ikki xil munosabat ko‘rsatiladi. Birinchisi-moddiy buyum, tovar sifatidagi, ikkinchisi esa, qadriyat tarzidagi munosabat. Natijada ularning qiymati mulk, tovar sifatida ham narx, ham baho bilan belgilanadi. Masalan, Navoiyning «Xamsa»siga bo‘lgan ma’naviy-estetik munosabat, uni kitob, ya’ni tovar shaklida xarid qilinishiga olib keladi. «Xamsa» kitob-tovar tarzida, boshqa qadriyat darajasiga ko‘tarila olmagan kitoblar bilan bir xilda narxlangani holda ayni paytda ma’naviy boylik-estetik qadriyat sifatida baholanadi. YA’ni, har bir mulkning qiymati iqtisodiy-moliyaviy birlik - pul bilan narxlanadi, estetik qadriyatlar esa ma’naviy-ruhiy ta’siri darajasiga qarab baholanadi.
Ma’lumki, har bir mulk foydalilik xususiyatiga ega. Foydalilik esa ikki xil bo‘ladi-moddiy iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy. Qadriyat darajasiga ko‘tarilmagan narsa-hodisalarning foydaliligi kundalik iqtisodiy ehtiyojlarni qondiradi. Qadriyatlar uzoq muddatli ma’naviy-ruhiy ta’sirga ega bo‘ladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling