Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet32/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

XX – XXI asr falsafasi. G‘arb falsafasida XIX asr oxirida boshlangan jarayonlar XX asrda uning yangi, hozirgi noklassik tipi vujudga kelishi bilan yakunlandi.
Hozirgi G‘arb noklassik falsafasi muayyan yaxlitlik, birlikni ifoda etuvchi falsafiy tafakkur shakllanishining o‘ziga xos bosqichidir. Unda ayrim asosiy yo‘nalishlar – pozitivizm, neopozitivizm, strukturalizm va hokazolar farqlanadi.
Ssientistik tendensiya falsafani ijtimoiy fanga aylantirish va dunyoqarash masalalaridan xalos bo‘lishga intilish bilan bog‘liq. Uni avvalo pozitivizmning har xil, shu jumladan sotsiologiya sohasidagi shakllari ifoda etadi. Ularga falsafaning ijtimoiy bilim uchun ilmiylikning yagona andozasini yaratishga harakat qiluvchi yo‘nalishi – strukturalizm yaqin turadi.
Antissientistik, ko‘p jihatdan irratsionalistik tendensiya fan salbiy ijtimoiy va tabiiy jarayonlarga sabab bo‘lib, ong va bilishning boshqa noilmiy shakllarini chetga chiqarib qo‘yishidan kelib chiqadi. Falsafiy mulohaza yuritishning bu tipi avvalo hayot falsafasi, ekzistensializm va germenevtikani o‘z ichiga oladi.
Mavhum-metafizik tendensiya falsafani borliq va bilishning teran asoslarini aniqlovchi «mutlaq fan» sifatida tasavvur qilish bilan bog‘liq. Falsafa o‘z mazmunini ijtimoiy fanlarning dalillari va qonunlaridan qat’iy nazar keng tushuntiradi, deb hisoblanadi. Bu tendensiyani diniy falsafaning turli yo‘nalishlari ifoda etadi. Bunga fenomenologiya yo‘nalishi ham yaqin turadi.
Endi hozirgi zamon G‘arb falsafasining muammolari tahlil qilinuvchi eng nufuzli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz. Pozitivizm falsafaning keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biridir. Uning muammolari ilmiy bilimning falsafiy tahlili atrofida jamlanadi.
Pozitivizm soxta bilimdan haqiqiy bilimni ajratishga harakat qiluvchi ijobiy bilimning falsafiy doktrinasini anglatadi. Bunday ijobiy bilimlar ayrim fanlarni bilish bilan tenglashtiriladi: pozitivizmga dunyoqarash muammolarini o‘z ichiga oluvchi an’anaviy falsafaga nisbatan o‘ta salbiy munosabat xosdir.
Pozitivizmning birinchi tarixiy shakli XIX asrning 30-40-yillarida vujudga kelgan. Unga fransuz faylasufi O.Kont asos solgan.
Kont fikriga ko‘ra, fanning vazifasi narsani tushuntirish emas, balki unga tavsif berishdir. Fan «nima uchun?» degan savolga javob berishga qodir emas, u dalillarni qayd etish va «qay tarzda?» degan savolgagina javob berish bilan kifoyalanishi lozim. SHu holdagina u ijobiy bo‘lishi mumkin.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling