Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilishning ma’naviy qadriyatlari
Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma’naviy faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlaydi. SHu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi.
Olim o‘z faoliyatida nafaqat o‘zining metodlari va ilmiy natijalarini baholaydi, balki ularga ilmiy jamoatchilik, hokimiyat, din namoyandalarining munosabatiga qarab mo‘ljal oladi. Umuman olganda, har qanday bilish haqiqatni izlashdir. Bu inson aqlining azaliy vazifasidir. Bilimlarimizning haqiqiyligi muammosi bilish faoliyatining har qanday turlarida muhim ahamiyatga ega. SHu sababli bilimning haqiqiyligi uning muhim asosi hisoblanadi. Haqiqat – bilishning mutlaq qadriyati. Bilishning ma’naviy qadriyatlari. Har qanday ilmiy tadqiqotda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlar mavjuddir. Ilmiy metod negizini ob’ektivlik va oqilonalik kabi an’anaviy ma’naviy qadriyatlar tashkil etishi lozim. Ob’ektivlik olim tadqiqot me’yorlarini tanlashga nisbatan vijdonan yondashishi, shaxsiy manfaatdorlikni siqib chiqarishi, haqiqatni guruh manfaatlaridan ustun qo‘yishini nazarda tutadi. Ayrim ilmiy konsepsiyalar eskirishiga qarab o‘ziga xos «timsol» belgilarini kasb etadi. Eskirgan konsepsiyalardan voz kechish ko‘pincha ularni yaratuvchilarning qarshiligini bartaraf etish bilan bog‘liq. Olim ba’zan fanda inqilobga yo‘l ochuvchi yangi g‘oyalarni afzal ko‘rishga o‘zida kuch topa olmay, eskicha yondashuvlar asiri bo‘lib qolishi mumkin. Bilim va haqiqat amalda ayniy tushunchalardir. Bilish – narsalarning haqiqiy holatiga mos keluvchi ishonchli axborotga ega bo‘lish demak. Haqiqiy bilimga erishish mumkinmi? Qanday bilimni haqiqiy deb hisoblash mumkin? Bilim haqiqiyligining ob’ektiv va mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu savollarga javoblar fan va falsafaning rivojlanishiga doimo yo‘ldosh bo‘lgan. Masalan, Aristotel haqiqatni borliq bilan tenglashtirgan. Uning fikricha, o‘zgarmas narsalargina haqiqiydir, haqiqat borliqning oliy shaklidir. Skeptitsizm vakillari, aksincha, bilimning predmetga muvofiqligi masalasi bahsli bo‘lib, uni isbotlash mumkin emas, chunki bilishni chalg‘ituvchi yoki unga monelik qiluvchi omillar mavjud, deb hisoblaganlar. Bilimning nomuvofiqligi sabablari bilish ob’ektining tarkibida bo‘lishi mumkin. Dunyo shu darajada cheksizki, inson o‘z tafakkuri bilan uni qamrab olishga qodir emas. Haqiqiy bilimga erishishga biluvchi sub’ektning xossalari ham monelik qilishi mumkin. Inson sezgi a’zolarining aldamchiligi va ishonchsizligi antik davrdayoq qayd etilgan edi. Keyinchalik YUm, Berkli va uning izdoshlari insonning sezgilar dunyosini mutlaqo sub’ektiv deb ko‘rsatdilar va shu yo‘l bilan insonning sezgi a’zolariga ishonchsizlik bildirdilar. Bilishning taraqqiyoti jarayonida olimlar bilimlar haqiqiyligining ishonchli mezonlarini topish yo‘lida ham izlanishlar olib bordilar. Haqiqatning mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu mezonlarni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkinmi yoki u faqat ilmiy bilimga nisbatan amal qiladimi? Falsafada bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan mezonlar, shuningdek faqat ilmiy bilim talablariga javob beradigan mezonlar yaratilgan. Ular orasida quyidagilar qayd etilgan: umumiy ahamiyatga moliklik mezoni (ko‘pchilik qabul qiladigan narsa haqiqiydir); g‘oyaning foydaliligi, amaliy samaradorligi va ishga yaroqliligi, uning u yoki bu maqsadga erishish uchun foydaliligi mezoni (pragmatizm). Odamlar ishonadigan narsalar, olimlar o‘rtasidagi shartli kelishuvga mos keladigan narsalar va hodisalar (konvensionalizm), mavjud nazariyaga muvofiqlik mezoni talablariga javob beruvchi narsalar va hodisalar haqiqiy deb atalgan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling