Falsafa fani bo’yicha institutning talabalari uchun yakuniy savollari


Download 0.97 Mb.
bet3/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1166004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Фалсафа фанидан якуний саволлари 2022 йил 1 семестр

Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi.
3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
3
Қадимги юнон файласуфи Аристотель ўз даврида мавжуд фанларни таърифларкан, уларни учта гуруҳга ажратади: назарий фанларга фалсафа, математика, физикани; ижодий фанларга санъат, бадиий ҳунармандчиликни; амалий фанларга эса этика ва сиѐсатни киритади. Шу тариқа Этика фалсафа доирасидан ажралиб чиқади ва мустақил фан сифатида шакллана бошлайди. Ҳозирги вақтда «Этика» ижтимоий-фалсафий фанлар тизимида ўзига хос ўринга эга бўлган фандир. «Этика» (ахлоқшунослик)–ахлоқнинг келиб чиқиши, моҳияти, хусусиятлари, жамият тараққиѐтидаги ўрни ҳақидаги фандир. У бошқа ижтимоий фанлар сингари ўз қонунлари ва категорияларига эга бўлиб, улар орқали ўз хулосаларини баѐн қилади. «Ахлоқ» сўзи аслида арабча сўз бўлиб, хулқ-атвор, юриш-туриш, тарбия деган маъноларни англатади. Ҳозирги вақтда бу тушунча жамиятнинг ахлоқий ҳаѐтида юз берадиган барча жараѐнларнинг мажмуини акс эттиради.
4 Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan kishining o‘ziga ma’lum bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.

Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko'ra, o'ziga xos bo'lib, asosiylari quyidagilardir:


Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to'g'risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u


borliq to'g'risidagi, insonning olamga bo'lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.


Gnoseologiya — bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi


ta'limotdir.


Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy ta'limot.


Praksiologiya — insonning predmetli-o'zgartiruvchan, amaliy faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot.


Metodologiya — bilish va o'zgaruvchan faoliyat usullari to'g'risidagi ta'limot.


Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari),


ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o'rganuvchi ta'limot.


Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan.


Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go'zallikning o'rni, qonun-qoidalari to'g'risidagi qarashlar majmuyi.


Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardda biz falsafaning o‘ziga xos tili, o‘z yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni o‘zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi bo‘lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo‘lim yoki yo‘nalish ham o‘z tushunchalar apparatiga, ya’ni bilimning faqat shu sohasiga xos bo‘lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling