Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Hinduiylikni qabul qilmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan birinchi va asosiy shart – Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir


Download 0.88 Mb.
bet140/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Hinduiylikni qabul qilmoqchi bo‘lganlarga qo‘yiladigan birinchi va asosiy shart – Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir.
XIX asrning boshlarida hinduiylik milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. SHu bilan hinduiylikda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib qilgan bir qator o‘ng teskarichi oqimlar ham paydo bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda hinduiylik Hindistondan tashqari Nepal, SHri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshqa hududlarda ham tarqalgan.
Jaynizm – dinning asoschisi sifatida e’tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg‘ambar Jina nomi bilan atalgan bo‘lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo‘lgan. Jaynizm braxmanlikdagi kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo‘lgan. Uning ta’limotida 24 payg‘ambarga, ayniqsa oxirgi payg‘ambar – Vardxamana Maxaviraga sig‘inish talab etiladi. Jaynizmda jonning o‘lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko‘chib yurishiga ishonish markaziy o‘rinni egallaydi.
Inson er yuzida qiladigan har qanday harakat va ish ana shu jon bilan tan birligida sodir bo‘ladi deb qarash. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to‘g‘ri yo‘lni tutmoq, ya’ni din targ‘ib qiladigan barcha ta’limotlarga, talablarga so‘zsiz itoat etish va e’tiqod qilish zarur. Jaynizmda digambarlar va shvetambarlar nomli yo‘nalishi ham mavjud.
Sinkxizm – (sinkx o‘quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida SHimoliy-G‘arbiy Xindistonda hinduizmga qarshi yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. U mayda hunarmand va savdogarlarning feodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o‘zida aks ettirgan.
XVI asrga kelib sinkxlar jamoasiga dehqonlar ham qo‘shila boshlaganlar va bu antifeodal harakatni quvvatlaganlar. Sinkxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo‘lib birgalikda ibodat qilishni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sinkxizm ta’limoticha, yagona xudo oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi. Bu din ta’limoti "Grantx Sohib" (Janob kitob) nomli kitobda izohlangan. Sinkxizm ta’limotiga e’tiqod qiladiganlar hozirgi kunda kam uchraydi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling