Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
4. Hanbaliya mazhabi asoschisi imom Ahmad ibn Hanbal ibn Xilol ibn Asad az-Zuxayliy al-SHayboniy 780 yili Bog‘dodda tug‘ilib, shu erda 855 yil vafot etgan. Hadis to‘plash niyatida Suriya, Hijoz YAman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik “Musnad al-Imom Ahmad” (Imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan. U mustahkam e’tiqodli sunniylik nuqtai nazaridan xalifa Ma’mun davrida davlat dini bo‘lmish mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Uning huquq tartiboti o‘ta torligi, diniy masalalarda Qur’on va Sunnaga qattiq rioya qilishligi, erkin fikr yuritish va talqin etishga, har qanday yangilikka qarshiligi, shariat tartib-qoidalariga rioya etishda qat’iy mutaassibligi bilan ajralib turardi.
Hanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmo’ni qo‘llashda ham ular tanho Muhammad payg‘ambarning safdoshlari bo‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Bunda ular tobe’inlarning ham, ulardan keyingi e’tiborli diniy arboblarning ham fikrlarini tan olmas edilar. Qur’on va hadislardan esa hech qanday dalil topolmagan taqdirda noiloj qiyosga murojaat etardilar. Bu mazhab diniy masalalarda hech qanday erkin fikrni tan olmay, shariat qonun va marosimlarini ijro etishda o‘ta jiddiylik ko‘rsatuvchi, dinning o‘taketgan fidoyilari edilar. Ularning rasmiyatchiligi, o‘taketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli – bu mazhab XII asrlargacha keng tarqalmagan. X asrda Eronda, XI-XV asrlarda Suriya va Falastinda Hanbaliyaning izdoshlari bo‘lgan. XVIII asrga kelib, ibn Hanbal ta’limoti hozirgi Saudiya Arabistondagi vahobiylarning shakllanishiga asos solgan. U erda Hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Islom tarixida va hozirgi paytda ham yuqorida zikr qilingan mazhab sunniylar orasida teng huquqli hisoblangan va ulardan birortasi ham din asoslariga zid hisoblanmagan. Qohiradagi al-Azhar dorilfununida islom fiqhi to‘rt mazhab bo‘yicha o‘rganiladi. Hanbaliya mazhabi sunniylikdagi eng kichkina, ya’ni 1,5 foizni tashkil etuvchi musulmonlar bo‘lsalarda, ular “sof” islom uchun kurashish bayrog‘i ostida, XVIII asrdan to hozirgacha turli mamlakatlarda vahhobiylik harakati orqali katta zarar keltirmoqdalar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling