Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet23/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Lukretsiy (er. av. 99-55y) o‘z falsafiy qarashlarida Epikur orqasidan borli. Uning ta’kidlashicha, olamda jism va bo‘shliqdan boshqa hech narsa yo‘q olam atomlardan iborat bo‘lib, atomlar borliqning mangu, bo‘linmas, mayda va harakatchan zarralaridir. Ular jism, shakl va og‘irlikka ega. Lukretsiy ta’limoticha atomlar uch xil harakat qiladi:
1) Turtki natijasida,
2) Og‘irlik natijasida,
3) Atomlarning o‘z - o‘zidan to‘g‘ri yo‘ldan chekinishi oqibatida. Uningcha, harakat materiyasiz bo‘lmaydi va harakatning manbai xudo emas, balki materiyaning o‘zidir.
Lukretsiy ham Epikur singari dinning eng ashaddiy dushmanlaridan edi. Uning fikricha o‘limdan, xudodan qo‘rqish kishilarda olam va tabiat haqidagi bilimlarning etishmasligidan kelib chiqadi. U ruh (jon) haqida gapirib, ruh engil, noziq va harakatchan atomlardan tashkil topgan va shuning uchun ham ruhning faoliyati tana faoliyatiga bog‘liq deb ko‘rsatadi. Tana o‘lishi bilan ruh ham o‘ladi, o‘lmas ruh bo‘lishi mumkin emas - deydi.
O‘rta asr Garbiy Evropa sxolastik falsafasining yirik vakili italiyalik faylasuf va isloxietchi Foma Akvinskiy (1225-1274) edi. U rasmiy katolik dini mafkurasini atroflicha ishlab chiqqan mutafakkirdir. Foma Akvinskiy Aristotelg‘ falsafasi orqali xristian dini aqidalarini falsafiy nazariy jihatdan asoslashga harakat kildi. U shaklni birlamchi, moddiy predmetlarni esa uning ijodiy maxsuli deb hisobladi. Foma Akvinskiy ana shu g‘oyadan kelib chiqib, dunyoda turli shakllar bor, jon ham ana shu shakllardan biridir, jon birlamchi o‘lmas shakl bo‘lib tana jondan ajralishi bilanoq xalok bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi. Mutafakkirning fikricha, falsafa va dinning maqsadi xudoning mavjudligini isbotlashdir.
Foma Akvinskiy ijtimoiy tengsizlikni xudoning irodasi bilan bogladi. Xristian dini boshlig‘i papaning huquqini xudoning huquqi bilan tenglashtirdi.
O‘rta asrlarda diniy mafkura xukmron mavqeni egalladi. Bu davr falsafasi realistlar va nominalistlarning turlicha nazariyalari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash asosida rivojlandi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling