Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet36/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Adabiyotlar:
A-1-5. Q-1,3,5, 33. E-1-2.


  1. Borliq falsafasi. (Ontologiya). Jamiyat falsafasi va inson borlig’i



Reja:

  1. Borliq va Ontologiya. Falsafa tarixida borliq muammosi.

  2. Materiya, uning atributlari va mavjudlik shakllari.

  3. Ijtimoiy ekologiya muammolari. Biosfera va noosfera. O‘zbekistonda tabiat va jamiyatni muhofaza qilish amaliyoti.

  4. Jamiyat tushunchasi va uning kelib chiqishi haqidagi ta’limotlar. Jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy siyosiy tizimi. Jamiyat haѐtiga sivilizatsiyaning ta’siri

  5. Ong tabiati, strukturasi va elementlari, Haѐt ma’nosi va unda insonning vazifasi

Oldingi ma’ruzalarimizda falsafiy tafakkur taraqqiyotining eng qadimgi davrlardan boshlab bugungi kunga qadar bosib o‘tgan bosqichlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. SHu narsa ma’lum bo‘ldiki, istisnosiz barcha falsafiy tizimlarda, mutafakkirlar qarashlarining hamma darajalarida inson atrofini o‘rab olgan, uning ongi, fikri va qarashlariga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan olam, Koinot, narsalarning nimadan tarkib topganligi masalasi, shuningdek narsa-hodisalarning cheksiz kechishi nima ekanligi masalasi qo‘yiladi. Keyin esa insonning o‘zi, ma’naviy olam to‘g‘risida fikr yuritiladi. Gap, demak, borliq to‘g‘risida ketmoqda.


SHunday ekan, borliq nima?
Har qanday falsafiy fikr borliq to‘g‘risidagi tushunchadan boshlanadi. Borliq nima degan masala hamisha falsafiy tafakkur yuritishning asosi bo‘lib kelgan. Bu masala falsafa paydo bo‘lgan paytidan boshlangan, falsafa tarixining o‘zoq davom etgan bosqichlarida borliq masalasi u bilan yonma-yon yashadi. Bu abadiy muammodir, uning mazmuni nihoyatda chuqur.
Kishilarning olam to‘g‘risidagi ilmiy- falsafiy dunyoqarashini tarkib toptirishda ularning borliq haqidagi qarashlari alohida o‘rin tutadi. SHuning uchun borliqni falsafiy tushunish masalasi haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” so‘zini tor va keng ma’noda tushinish hollariga duch kelamiz. Tor ma’noda “borliq” ongga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv olamni bildiradi; keng ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir.
YUqorida tilga olinganidek, borliq masalasi qadimdan olimlarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelgan. Borliq to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi dostonlarda, ertaklarda, diniy madhiyalarda, tasavvurlarda uchraydi. Bu masalada qadimgi G‘ind, Xitoy, yunon yodgorliklari katta material berishi mumkin.
Borliq to‘g‘risidagi masalalar bilan Markaziy Osiyo mutafakkirlari ham shug‘ullanganliklari ma’lum. Ayniqsa, tasavvuf falsafasida bu narsa o‘ziga xos tarzda hal etiladi. Tasavvufning borliq to‘g‘risidagi ta’limoti panteistik ruhdadir. Binobarin, panteizm tabiat bilan xudoni birlashtirib yuboruvchi ta’limot sifatida namoyon bo‘ladi. Tasavvuf namoyandalari olamni, undagi turli-tuman narsalarni xudo nurining ifodalanishi deb tushuntiradilar. SHuningdek, tasavvuf ta’limoticha, xudo va u yaratgan narsalar bir-birlari bilan bog‘langan, o‘zaro aks etuvchi birlikni tashkil etadi. CHunonchi Jomiy shunday yozadi: “Tangrini olamdan ajralgan deb hisoblama, zeroki, barcha olam tangridadir, Tangri esa olamda. ”(Qarang: B. Iskandarov. Tasavvuf falsafasi. T. 1995, 21b. )
Borliq muammosining hayotiy ildizlari va falsafiy ma’nosi bor. Borliq va yo‘qlik to‘g‘risidagi tasavvurlar qanday paydo bo‘lgan. Insoniyat qadimgi zamondan boshlab olam borlig‘i, o‘z borlig‘i, o‘zgalar borlig‘i ustida bosh qotirgan. Olam azaldan bormi? YOki yaratilganmi? Odamlarchi? Odam tug‘iladi, yashaydi, voyaga etadi, bir kun kelib olamdan ko‘z yumadi, u bor edi, bo‘lgan edi, endi yo‘q, lomakon bag‘riga singib ketadi, yo‘qlik sari yo‘l oladi. Tug‘ilish bor ekan, o‘lim haq. Bu hayot qonuni. Samad Vurg‘un to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “to‘rt faslni o‘tkazmoqlik tabiatga bir qonun, tug‘ilmoqlik va o‘lmoqlik bu hayotga bir qonun”.
Inson hayotidagi fojealar ichida eng dahshatlisi o‘limdir. O‘lish vahimasi odamlar irodasini o‘ziga rom qilgan. O‘lim nima? U borliqmi yoki yo‘qlikmi? Odamlar bu narsani bilishga qiziqqanlar, javob izlaganlar. CHunonchi, V. SHekspir o‘zining “Gamlet” tragediyasida Gamlet tilidan quyidagilarni bayon qilgan edi: “YAshash kerakmi, o‘lish kerakmi? Nadir afzal? Mana masala. O‘lish unutilish, u qandayin diyorki, unga borgan yo‘lovchi ko‘p, ammo undan qaytgan biror bir yo‘lchi yo‘q. ”
Demak, borliq deganda keng ma’noda mavjudlik to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha nazarda tutiladi. Borliq va reallik g‘oyat keng tushunchalar sifatida sinonimlardir. Borliq mavjud barcha narsalar, ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan narsalar. Bular — moddiy narsalar, jarayonlar (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy, ruhiy, ma’naviy va x.k.), bu — ularning xossalari, aloqalari va munosabatlaridir. Eng chuqur fantaziyaning mahsuloti bo‘lgan ertaklar, miflar, eng nozik hayollar — bo‘lar g‘am ma’naviy reallikning ko‘rinishlari sifatida, borliqning tarkibiy qismi sifatida bordir.
Borliqning antitezisi, teskarisi “Yo‘qlik” hisoblanadi. Borliq va Yo‘qlik biri-birisiz mavjud emas, agar ularning bir-biriga o‘tishini yo‘q qilinsa, hamma narsa o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Nega? CHunki harakat to‘xtashi mumkin: mavjudlik o‘zining muhim, asosiy va ajralmas belgilaridan mahrum bo‘ladi. Eng qattiq kristallar, yulduzlarning ulkan to‘planishi, u yoki bu o‘simliklar, g‘ayvonlar, insonlar go‘yo Yo‘qlikdan kelib chiqqandek bo‘ladi (ular xuddi shunday tarzda hech qachon bo‘lmagan), borliqqa aylanadi. Narsalarning borlig‘i qanchalik uzoq vaqt davom etmasin, oxirga etadi va mazkur qonkret sifat tarzida, shaxsan shu inson tarzida Yo‘qlikka ketadi.
Hayot shu qadar tez o‘tadiki, qonkret odamning hayoti juda qisqa ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Biz, odamlar — o‘tkinchi umr bilan doimiy olam borlig‘ini solishtirishga o‘rganib qolganmiz. Ba’zan shunday savol qo‘yamiz: odam aql-farosatga ega bo‘lsa-yu, umri o‘lchog‘li bo‘lsa, nahotki, u hayotga kelmaydi. Odam borlig‘i va olam borlig‘i o‘rtasida nahot shunday “adolatsizlik” bo‘lsa? Borliq muammosining qo‘yilishi va hayotiy ma’nosi ana shunga o‘xshash savollarda ko‘rinadi.
Borliq haqida gapirganda, uning muhim jihatlarini nazarda tutish lozim. Bular nimalardan iborat?
Borliqning birinchi jihati shundaki, bir butun yaxlit olamning doimiyligi va alohida narsalar, organizmlar, odamlar, ularning hayot faoliyatining o‘tkinchi xarakteri, borliqning o‘ta ziddiyatli ekanligi. Boshqacha aytganda, olam nisbiy turg‘unlik, o‘zgarmaslik va o‘zgaruvchanlik birligidan iborat. Olam o‘z borlig‘i va mavjudligiga ko‘ra rang-barang va bir jinsli emasdir. Borliqning ikkinchi jihati xuddi mana shu — olam borlig‘ining birligi va xilma-xilligida namoyon bo‘ladi. Olamning mavjudligi uning birligining zaruriy shart-sharoitidir.
Olam odamning irodasi va ongidan tashqarida mustaqil yashaydi. Ammo odam o‘z aqli, bilimi, mehnati bilan barhayot tabiat va uning o‘tkinchi jismlarini bir-biri bilan bog‘lab turadi. SHu bilan birga jism va ruh, tabiat va jamiyat o‘rtasida, odam bilan o‘zga odam o‘rtasida muhim tafovutlar mavjud. Bular olam jismlarining xilma-xilligidan nishonadir. SHu bilan birga xilma-xillikda uyg‘unlik va birlik mavjud. Masalan, olamda tana va ruh, tabiiylik va ijtimoiylik qo‘shilib, ajralmas birlikni tashkil etadi.
Demak, xilma-xil narsalar, tabiat, odam, jamiyat - barcha xilma-xillik o‘zaro birlashib, o‘tkinchimas, balki cheksiz olamning yaxlit birligini tashkil etadi.
Borliqning falsafiy muammosi yana uchinchi jihatga ham egadir. Bu ob’ektiv va sub’ektiv reallikning o‘zaro birligi masalasidir. Olamda bo‘larning barchasi teppa-teng mavjuddir. Tabiat, olam, jamiyat mavjud edi va majud bo‘ladi. Ular - real voqelik. Olam ob’ektiv reallikni ifodalasa, ongni sub’ektiv reallik deb atash mumkin.
SHunday qilib borliq bir butun olam, undagi moddiy va ma’naviy mavjudotlar realligi, ular o‘rtasidagi eng muhim aloqalar, xilma-xillikdagi yaxlit bir butunlik, narsalarga barqarorlik beradigan sifat va belgilarning yig‘indisidir. Borliq tor ma’noda materiya: tabiat, moddiy narsalar majmui, keng ma’noda ham moddiy, ham ma’naviy reallikdir.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling