Aylantirish orqali xulosa chiqarish - Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi.
- Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.
- Almashtirish orqali xulosa chiqarishda xulosa asos mulohazadagi sub’ekt va predikatning o’rnini almashtirsh orqali keltirib chiqariladi;
- Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiboriga olinishi shart. Agar berilgan mulohazadagi terminlar hajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto’g’ri bo’lishi mumkin;
- Almashtirishda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |