- Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta belgi yoki munosabatning ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishni kuzatish asosida shu belgi yoki munosabatning maskur sinfga tigishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
- To’liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgi yoki munosabatning ma’lum bir sinfga mansub, har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgi yoki munosabatning berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi;
- To’liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgi yoki munosabatning bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligini) aniqlash asosida shu belgi yoki munosabatning berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |