Tushunchalar mazmuniga ko’ra turlari Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar - Ob'еktiv olamdagi barcha narsa va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi sababli, inson ongida mana shu narsa va hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar ham ma'lum bir munosabatlarga kirishadi. Tushunchalar avvalombor, munosabatlariga ko’ra taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan tushunchalar mazmuni va hajmi jihatidan ma'lum umumiy o’xshash bеlgiga hamda o’zaro munosabatga ega bo’ladi. Masalan: “o’qituvchi” va “shifokor” taqqoslanadigan tushunchalar hisoblansa, “daftar” va “tеatr” taqqoslanmaydigan tushunchalardir. Mantiq fanida faqat taqqoslanadigan tushunchalar munosabati o’rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarning o’zi hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydiganga bo’linadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |