Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari
Download 33.3 Kb.
|
falsafa javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16 savol Ong
- 21 savolni JAVOBI
11.Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o'rtalarida vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — Anaksimandr, Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar.
16 savol Ong Ong- psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir.Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri.Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushintirishga harakat qildilar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy xodisa, xudo yaratgan mo’jiza sifatida talqin qilishga asoslanadi.Ko’pgina dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo’lish shakli sifatida tavsiflanadi.Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ong va tafakkur paydo bo’lish jarayonini tushunish uchun in’ikos prinspini ya’ni borliqning inson miyasida paydo bo’lish jarayonini bilish lozim. Xulosa qilib aytsak,Inson zoti ongli mavjudot sifatida o’z oldiga maqsadlar qo’yadi va unga erishish yo’llarini izlaydi va ong va tafakkur tufayli inson o’zining tabiatda va jamiyatda tutgan o’rniga baho beradi. O’zi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ijodiy ravishda yangilab boradi. 21 savolni JAVOBI Bilish shakllari. Hissiy bilish. Bilishda sezgining roli. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Hissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Hissiy anglash tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina hissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko`zi elektromagnit to`lqinlarning butun spektrini to`lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to`lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog`i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to`lqinlarini eshitmaydi. Hissiy bilishning shakllari. Sezgilar, bu – shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan bog`langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur amalga oshishining asosi bo`lgan ozuqadir. Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog`lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal bo`lsada, birgina sezishning o`zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun etarli emas. Sezgi sub’ektga o`rganilayotgan ob’ektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo o`zining tabiiy cheklanganligi sababli ob’ektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. SHuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi. Idrok–bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi. Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o`rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o`laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o`zaro ta’siri bo`lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa yoki predmetni idrok etgan, ko`rgan odam ularning obrazlarini hatto ular bizning sezgilarimizga ta’sir etmagan taqdirda ham xotirlab, ko`z oldiga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari o`zimiz hech qachon ko`rmagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va idrokdan farqli o`laroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, uning konkret-hissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi. Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir. Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo`lib o`tgan voqealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz Download 33.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling