Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari


-mavzu: Gnoseologiya -bilish nazariyasi


Download 33.3 Kb.
bet5/7
Sana19.01.2023
Hajmi33.3 Kb.
#1100519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa javoblari

14-mavzu: Gnoseologiya -bilish nazariyasi
GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» -
sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot,
fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)»,
«ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, Shu jumladan falsafiy
qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima
qilingan.
GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI:
1. insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2. insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3. bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4. bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan
o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish
bilan shug‘ullanadi.

Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha,


buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini
inkor etmaydilar biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men
buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa,
«Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb
ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor
odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar
odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi.
Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur.
10-Savol. Falsafaning asosiy qonunlari.
Falsafa nimaligi, u nima bilan shug'ullanishi va qanday vazifalarni hal qilishi
haqida mustaqil tarzda, maxsus bilimlarsiz aniq tasavvur hosil qilish oson ish emas. Hatto
falsafa sohasida professional ish olib boruvchilar orasida ham qo'yilgan savollarga
javoblarda yakdillik mavjud emas. Kimdir falsafani fan deb, kimdir – aql o'yini deb
hisoblaydi, ayrimlar esa, bu fikrlarga qo'shilmay, odamlar dunyoqarashi, ruhiy holati, aqli,
shaxsiy tajribasi va shu kabilarning turli shakllariga e'tiborni qaratib, boshqacha ta'riflar
beradi. Kimdir falsafada maqsadni, kimdir vositani, inson o'z-o'zini va o'zini qurshagan
dunyoni oqilona, irratsional yoki intuitiv anglab yetish usulini ko'radi. Bunda har kim u har
bir inson uchun olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan savollarga qanday javob berishiga
qarab o'z mulohazalar mantig'ini tuzadi. Turli odamlar ushbu masalalar yuzasidan bir fikrga
kela olmagani va kelishi mumkin ham emasligi nima uchun falsafa o'z mavjudligining ikki
yarim ming yili mobaynida ko'pgina olamshumul muammolarning uzil-kesil va shakshubhasiz yechimlarini topmagan, boqiy falsafiy muammolar xususida bir to'xtamga
kelmagan, degan fikr savolga qisman javob bo'ladi.

• Inson nima va uning mohiyati nimada?


• Xudo bormi?
• Materiya, ong nima va ularning o'zaro nisbati qanday?
• Haqiqatni qanday tushunish mumkin va uning mezonlari qanday?
• Jon nima?
• Nihoyat, erkinlik, tenglik, adolat, nafrat, muhabbat nimani anglatadi?
Kabi savollar
insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida takrorlanib kelingan. Biroq, falsafa
tushunchasining umumiy e'tirof etilgan ta'rifi mavjud emasligiga, shuningdek uning
predmeti, mohiyati, maqsad, vazifalarini tushunishga nisbatan yondashuvlar, nuqtai
nazarlarning rang-barangligiga qaramay, u barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma
universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlarida o'rganish uchun majburiy sanalgan
fundamental fanlardan biri bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda. Nima uchun? qani bu
yerda mantiq? Yuqorida aytilganlarga yana shuni ham qo'shimcha qilish lozimki, falsafa
umumiy qabul qilingan, yagona tilga, shak-shubhasiz belgilangan qonunlarga va har
qanday falsafiy ta'limotlar uchun umumiy bo'lgan kategoriyalarning muayyan majmuiga
ega emas

Download 33.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling