Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari


Download 33.3 Kb.
bet7/7
Sana19.01.2023
Hajmi33.3 Kb.
#1100519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa javoblari

19-Savol. Esterik kategoriyalar

Estetika yunonchadan olingan bolib olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi.


Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika
kategoriyalari (go‘zallik, hunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va
tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Bugungi kunda go‘zallik – ulug‘vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did
– estetik tuyg‘u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining
kategoriyalar tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.
«Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq,
go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat
rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining
salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va
undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy
jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
Ulug'vorlik-insonning narsa xodisalariga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ualrdan yuksak hayratlanish tuyg'usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug'vorlik o'zida hajm, miqdor ko'lam va buyuklikni mujassam etadi.
Vojiaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkur sohiblarning e'tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asrlarda fojiali ohanglar mavjudligini juda ko'p ko'ramiz. Masalan: M.Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" va "Mirzo Ulug'bek" asarlarda fojiali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib turadi.
Kulgilik haqidagi mavjud barcha nazariyalar kulgililikning predmetini obektiv hususiyat sifanida yoki shaxsning subektiv imkoniyatlari natijasi yohud subekt va obiekt o'zari aloqadorligining natijasi sifatida ko'rib chiqishadi. Bu metadalogik yondashuv kulgililikdagi ko'p ma'noliliylikning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Download 33.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling