Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Ochilxonov Abdujalolxon Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya»


Download 21.76 Kb.
Sana27.09.2020
Hajmi21.76 Kb.
#131547
Bog'liq
falsafa 1


Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

Ochilxonov Abdujalolxon

Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning , unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kemuqaddas kitoblaridagi olamrak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda ¤rta asrning mashhur faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz. Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar». Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy o‘z xulosalarida falsafa fan sifatida ilm-fan dalillariga asoslanishi, odam-olam munoabatlari shulardan kelib chiqadigan ishonch va qanoatga tayanish lozimligiga e’tiborni qaratgan. Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi. Falsafa fan sifatida boshqa fanlardan ustun xam, kam ham emas. Moxiyatan falsafa fani predmetining aniqlanishi boshqa fanlardan farq qilmaydi. CHunki istagan fanni olmang, uning predmetining aniqlanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘lasiz. «Falsafa» atama sifatida tarixan turlicha ma’nolarda qo‘llab kelindi. Jahondagi juda ko‘p olimlarning asrlar davomidagi izlanishlari, tadqiqotlari natijasi sifatida «olam-odam» munosabatlariga ilmiy-falsafiy yondashuvga imkon tugdiradigan o‘z tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, uslublari, tamoyillari aniq-ravshan bo‘lgach, nemis faylasufi Gegel tomonidan ularni muayyan bir tizim (sistema)ga solish boshlandi.

Falsafa fanining tadqiqot ob’ekti bilan uning predmeti o‘rtasida yaqinlik bor. Biroq, predmet o‘sha ob’ektni o‘rganish uslub va usullarini ham o‘z ichiga oladi. YUqoridagi ta’rifda bu holat inobatga olingan. So‘ngra, unda bizga hozirgacha ma’lum bo‘lgan ta’riflardagi umumiy mazmun saqlangan holda boshqa falsafiy oqimlar, yo‘nalishlar va maktablar uchun xarakterli bo‘lgan jihatlar ham hisobga olingan. Ularning insoniyat ma’naviy takomilidagi o‘ynaydigan va o‘ynayotgan rollariga xolisona baho berishni ham o‘z doirasiga kiritadi. Bu ta’rif olamni bilishda falsafa fanining boshqa fanlardan farq qiladigan o‘z o‘rni, yo‘li, usuli, vositalari, mezoni, maromi, qadriyatlari, ideallari borligini ham nazarda tutadi. Olamning bir zarrasi va ayni chog‘da o‘zi bir sirli olam bo‘lgan odamning o‘zi yashayotgan tarixiy, geografik va ijtimoiy muhitda muayyan o‘rni va o‘ynaydigan roli borligi (yaratuvchi yoki buzuvchi kuch ekanligi) e’tirof etilib, buni bilish zarurati ayon bo‘ladi. Odamzot olamni bilishda pastdan yuqoriga, soddadan murakkablikka, chekli qarashdan keng qamrovli qarashga tomon borish jarayonida g‘or odamlariga xos olg‘irlik, bosqinchilik tafakkur tarzi va cheklangan (sohaviy) tafakkur tarzidan keng qamrovli (falsafiy) tafakkur tarziga tomon ketayotgani, bunda falsafaning alohida, betakror o‘rni borligiga e’tibor qaratiladi. Va bu hol inson tafakkur tarzini o‘zgartirib borishining ahamiyati haqida teran fikrlar bildirishni nazarda tutadi. Ta’rifning umumiy mazmunida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzining odam ma’naviy-ahloqiy qiyofasi timsolida gavdalanishini namoyon etadigan imon-e’tiqodga munosabat ham bor. CHunki falsafa fani bu masalani chetlab o‘tmasligi kerak, zero har bir dunyoqarashdagi mazmun, yo‘nalish odam ongi va qalbidan joy olib, imon-e’tiqodiga aylangandagina, ular qadr topa oladi va u harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling