Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 45.23 Kb.
|
FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil to‘adi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Yevropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta‘sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a‘zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a‘zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga yetgan bo‘lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir necha o‘n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan. 3. XVIII-XIX asrlar faninoklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko‘plab ayrim ilmiy fanlar vujudga keladi, ularda ulkan faktik material to‘planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Termodinamika qonuni yaratildi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e‘tirof etiladi. XVIII asrning o‘rtalarida jahonda fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo‘lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga yetadi. XVI asrda «olimlar»ning yarmidan ko‘prog‘i diniy ma‘lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog‘iga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlarning maxsus fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shug‘ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. 1825 yilda nemis kimyogari YU.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko‘payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e‘tiborini o‘ziga tobora ko‘proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarini mablag‘ bilan ta‘minlay boshlaydilar. 4. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi.Bu davr fani postnoklassikdeb ataladi, chunki mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to‘plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko‘rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo bo‘ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning me‘yorlari va ideallarida olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi. XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar adabiyotlarda ko‘pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o‘zgarishlar shu bilan bog‘liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko‘rilmagan miqyosda amaliyotga – sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kom‘yuterlar) ayniqsa ulkan o‘zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avj olgan qurollanish ‗oygasi yirik davlatlarni ilmiytexnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag‘larni sarflashga majbur qiladi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida fan texnika taraqqiyoti axborot (kom‘yuter) inqilobibosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. SHu tariqa fan bilan bog‘liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta‘lim endilikda har qanday jamiyatning tsivilizatsion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o‘rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini to‘ish uchun 50100 yil vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo‘linmoqda. Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo‘lib qoldi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur‘atlarda o‘sib, ijtimoiy mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni yechishga buning butun xavf-xatarini o‘z bo‘yniga olib qo‘l urgan ayrim mutafakkirlarning mashg‘uloti emas, balki buyurtmaga, rejali to‘shiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan muddatda bajarish va o‘z ishi haqida hisobot berishga majbur bo‘lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat – industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas. Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ular faol o‘zaro ta‘sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bu hol shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o‘tgan ilmiy ma‘lumotlarga tayanib, o‘z mavhum g‘oyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. XXI asr boshiga kelib jahonda olimlar soni qariyb olti millionga yetdi, taxminan shuncha odam fanga xizmatlar ko‘rsatuvchi mehnat bilan band (laborantlar, texniklar, nashriyotlarning xodimlari va h.k.). Yerda qadim vaqtlardan boshlab to XXI asrning boshiga qadar yashagan olimlarning umumiy sonini olsak, ularning o‘ndan to‘qqiz qismi bizning vaqtdoshlarimiz ekanligi ayon bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni mehnatga qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni ta‘minlashga milliy daromadning 5% dan ko‘prog‘i sarflanadi. Hozirgi vaqt fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush va kundalik hayotni yo‘lga soluvchi qudratli kuchga aylandi. Ayni vaqtda odamlar bugun fanning qudratinigina emas, balki u bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o‘z yutuqlari va o‘zining jo‘shqinligi uchun fan oldida mas‘uliyatli. Ammo ilmiy haqiqat o‘z holicha odamlarning ehtiyojlariga befarq. U be‘arvo va rahm-shafqatsiz. Ammo, I. A. Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―kuch – bilim va taffakurda‖1 bo‘lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon yetkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. SHuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko‘p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli o‘zini o‘zi yo‘q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to‘xtatish kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga bo‘ysundirish va balki uning qaysidir yo‘nalishlarini cheklash zarurligi to‘g‘risidagi masala kun tartibiga qo‘yilmoqda. Ilmiy izlanishning inson‘arvarlashuvi, uning yo‘llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu davrimizning muhim muammolaridir. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san‘at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma‘nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz. Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan. Keng (yig‘ma) ma‘nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob‘ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda ―fan‖, ―olim‖ tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. ―Fan‖ tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir. Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma‘no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta‘rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob‘ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi. Bunday fanlarning har biri faqat ularning o‘zigagina xos bo‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo‘lgan til, kategoriyalar a‘‘arati va hokazolarga ega bo‘ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to‘g‘ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to‘g‘ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar yoki jarayonlarni ma‘lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bo‘lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtayi nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog‘liq emas. Ular mazkur sohada olg‘a siljish uchun o‘zlashtirish lozim bo‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o‘tgan bilimlar yig‘indisi sifatida avloddan-avlodga o‘tadi. Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo‘li bilan olingan ba‘zi bir oqilona javoblar mavjud bo‘lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya‘ni amaliyot sinovidan o‘tgan, kundalik hayotda o‘z tasdig‘ini to‘gan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala «yo‘ilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo‘lgan, boshqacha aytganda, aniq ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan. Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og‘irligiga teng kuch ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar o‘zining «ochiq» xususiyatini yo‘qotgan, ya‘ni ular o‘zining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq yechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qo‘shimcha mushohada yuritish foydasizligi tufayli o‘zining har qanday ahamiyatini yo‘qotganligini anglatgan. Yechilgan masalalar va muammolar esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o‘tgan va shu davrdan e‘tiboran o‘zining falsafiy tusini yo‘qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta‘riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof etgudek bo‘lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo‘ladi, deb qayd etdi. Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: -avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; -o‘rganilayotgan ob‘ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi; -kategoriyalar apparatini (o‘z tilini) yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki: falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, bunda uning g‘oyalari, asarlari o‘ziga to‘q bo‘lishi va ularga boshqa faylasuflar qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e‘tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir; -falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rangbarangligi me‘yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi; -falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub‘ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e‘tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi; -falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi); -falsafa aniq ‗rognoz bera olmaydi, ya‘ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi ‗rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma‘lum bilimlar va tajribaga, muayyan e‘tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob‘ektiv va sub‘ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob‘ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmet idir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz. Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta‘rifda «inson» tushunchasi yig‘ma ma‘noda qo‘llanilgan. Bu yerda shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki, garchi falsafaning predmet iga biz umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta‘rif bergan bo‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi. Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta‘limotlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunda asosiy e‘tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-‘olislari ravnaq to‘gan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‘rin oldi. Yevropada xristianlikning, SHarqda islom dinining keng qamrovli rivojlanishi, dinga e‘tiqodning kuchayishi va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‘ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmet iga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa san‘at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi.. yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi. XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik inqirozi irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmet iga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur‘atlarda rivojlanishi bilan belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‘ygan ‗ostnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‘nolar va g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson o‘ziga yog‘ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e‘tiborni qaratar ekan, notizimlilik, Yevropa an‘anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar. Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga alohida e‘tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini to‘ish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‘tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmet ini qandaydir bitta, qat‘iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob‘ektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, degan ma‘noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o‘ringa surib qo‘yadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o‘rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvor yunalishi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish uchun o‘z vaqtini «kutib», go‘yoki ‗anada turadi, desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‘zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e‘tibori ma‘lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‘ramiz. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta‘riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba‘zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi.Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e‘tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi. Falsafaning gnoseologik funksiyasitajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya‘ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini ma‘lum darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir. Metodologik funksiyasito‘g‘risida so‘z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmet ning tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi. Falsafaning integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‘liq. Real borliqning yangi va yangi ob‘ektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma‘lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydobo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot ob‘ekti va predmet ini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar a‘‘arati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o‘zaro aloqa qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi. Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba‘zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya‘ni har biri o‘z fanining tilida ga‘irgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda bog‘lovchi bo‘g‘inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o‘z tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llaniladigan fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi. Murakkab ob‘ektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o‘z predmet idan kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o‘rganilayotgan ob‘ektni yaxlit ko‘rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o‘rtasida ham bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling