dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan taʼlimot.
Dualizm nima? Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va gʻoya yotadi deyuvchi qarash.
Agnostisizm nima? Agnostisizm – inson obyektiv borliqni toʻliq bilishi mumkin emas deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
Deizm nima? Deizm (lot. Deus – Xudo) diniy va falsafiy ta’limot boʻlib, Xudoni dunyo aqli deb tan oladi, u tabiatning maqsadga muvofiq “mashinasini” qurgan va unga qonunlar va harakatlarni bergan, ammo tabiatning oʻz-oʻzini harakatiga Xudoning keyingi aralashuvini rad etgan
Sensualizm nima? Sensualizm – hissiy bilishning rolini aqliy (ratsional) bilishning ahamiyatidan ustunroq qoʻyuvchi falsafiy yoʻnalish. Sensualustlar hislarda bo'lmagan narsa aqlda ham bo'lmaydi degan g'oyani ilgari surgan.
Dogmatizm nima? Dogmatizm – tanqidiy nuqtayi nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay koʻrkoʻrona fikr yuritish usuli.
Rasionalizmning mohiyati nimadan iborat? Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining asosi deb e’tirof etadigan falsafiy yoʻnalish. Ratsionalistlar haqiqiy bilimga falsafiy mushohada va tafakkur orqaligina erishish mumkin degan gʻoyani ilgari suradilar.
Bilishning maqsadi nima? Ilmiy bilimlarni hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy uyg'unlikka erishish.
Haqiqatning mezoni nima?
Bilish darajalari falsafaning qaysi yo`nalishida o`rganiladi? Gnotseologiya
Mantiq fanining o`rganish ob’ektini aniqlang. Tafakkur, uning shakllari va to'g'ri fikr yuritish qonunlari
Tafakkurning mantiqiy shakllarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |