Abu Rayhon Beruniy “Kayumars afsonasi” haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Bundan tashqari “Avesto” kitibining yaratilishi, tarqalishi haqida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud. Beruniy "O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar" asarida Kayumars afsonasining variantlari xususida quyidagicha to‘xtaladi. Olimning fikricha, Kayumarsning "Tirshoh" ("Tog‘ podshohi") va Gilshoh ("Loyshoh") degan laqablari bo‘lgan. Kayumars afsonasining Beruniy asaridagi tafsilotlari N. Mallayevning mulohazalari uchun asos vazifasini o‘tagan ko‘rinadi. Afsonada hikoya qilinishicha Ahrimanning qilmishlaridan xudo ham hayratda qoladi va peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlagandan ter tomchisidan hosil bo‘lgan Kayumarsni Ahrimanga jo‘natadi. Kayumars Ahriman yoniga yetib kelib, uning yelkasiga minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi Nihoyat, Ahriman bir hiyla bilan Kayumarsni yelkasidan uloqtirib tashlaydi va uni ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan boshlab yeyayin, deya so‘raydi. Beruniy "O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar" asarida Kayumars afsonasining variantlari xususida quyidagicha to‘xtaladi. Olimning fikricha, Kayumarsning "Tirshoh" ("Tog‘ podshohi") va Gilshoh ("Loyshoh") degan laqablari bo‘lgan. Kayumars afsonasining Beruniy asaridagi tafsilotlari N. Mallayevning mulohazalari uchun asos vazifasini o‘tagan ko‘rinadi. Afsonada hikoya qilinishicha Ahrimanning qilmishlaridan xudo ham hayratda qoladi va peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlagandan ter tomchisidan hosil bo‘lgan Kayumarsni Ahrimanga jo‘natadi. Kayumars Ahriman yoniga yetib kelib, uning yelkasiga minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi Nihoyat, Ahriman bir hiyla bilan Kayumarsni yelkasidan uloqtirib tashlaydi va uni ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan boshlab yeyayin, deya so‘raydi. Ahriman Oyoq tomonimdan, deb javob beradi Kayumars va ilova qiladi: tokim bosh qismimga yetguningcha dunyo go‘zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axriman o‘zi aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni bosh tomonidan yeya boshlaydi. Beliga yetganda, Kayumrsning urug‘donidan ikki dona urug‘ yerga tushadi va ulardan o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sha o‘simliklardan esa bir o‘g‘il va bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo‘ladi. Ularni forslar Odam va Momohavo deb biladilar. O‘sha mo‘jizaviy odamlar yana Malhi va Malhiana deb ham atalganlar. Xorazmliklar esa ularni Mard va Mardona deb ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |